Новость
O‘ZBEKISTONNING IKKI TARIXIY KANALI JAHON IRRIGATSIYA MEROSI REYESTRIGA KIRITILDI
Marselda oʻtkazilayotgan MKIDning 26-xalqaro kongressi doirasida har ikki kanal uchun sertifikat va esdalik lavhalari tantanali ravishda topshirildi.

Oʻzbekistonning qadimiy "Dargʻom" va "Shohrud" kanallari 2026-yilda Jahon irrigatsiya merosi obyektlari sifatida e’tirof etilib, Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiya (MKID) reyestridan joy oldi.
Fransiyaning Marsel shahrida 12–17-oktabr kunlari MKIDning 26-xalqaro kongressi va Xalqaro ijroiya kengashining 77-yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
14-oktabr kuni Fransiyaning Marsel shahrida oʻtkazilayotgan MKIDning 26-xalqaro kongressi doirasida har ikki kanal uchun sertifikat va esdalik lavhalari tantanali ravishda topshirildi.
"Dargʻom" kanali — Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, bugungacha faoliyat yuritayotgan sugʻorish tizimlaridan biri. Miloddan avvalgi V–IV asrlarga borib taqaluvchi tarixga ega ushbu kanal ikki ming yildan ortiq vaqt davomida Samarqand vohasini suv bilan ta’minlab kelmoqda. Uning uzunligi qariyb 102 kilometrni tashkil etadi.
"Shohrud" kanali esa milodiy III–IV asrlarda qazilgan deb hisoblanadi. U asrlar davomida Buxoro vohasining obodonlashuvi, qishloq xoʻjaligi va shahar hayoti rivojida muhim oʻrin tutgan. Kanal tarixi YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazi bilan chambarchas bogʻliq.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yilda Oʻzbekistonning “Doʻstlik” va “Eski Tuyatortar” kanallari jahon irrigatsiya merosi sifatida e’tirof etilgan edi.
Опубликовано:
Похожие материалы

Новость
EL-NINO TA’SIRIDA TINÇ OKEANI SUVI RANGI ÖZGARMOQDA
El-Nino Tinç okeani ekvatorial qismida suv haroratining kötarilişi va okean hamda atmosfera sirkulyatsiyasining özgarişi bilan keçadi.

Новость
SUV OMBORLARI XAVFSIZLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORALARI BELGILANDI
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 56 ta suv omborining faqat toʻrttasida professional qutqaruv xizmati tashkil etilgan.

Новость
21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
