Перейти к основному содержанию

Новость

SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, mamlakatning suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili Antti Rautavaara hamda Finlyandiya Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, suv xavfsizligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologik monitoringni rivojlantirish hamda Finlyandiyaning ilg‘or boshqaruv tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar suv va ekologiya yo‘nalishlarida ekspertlar almashinuvini rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Опубликовано: