Перейти к основному содержанию

Новость

SUV SOHASI XODIMLARI “UMUMMILLIY DIKTANT”DA ISHTIROK ETDI

Xodimlar diktant matnini imlo qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda yozib, oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.

SUV SOHASI XODIMLARI “UMUMMILLIY DIKTANT”DA ISHTIROK ETDI

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida “Umummilliy diktant” loyihasi oʻtkazildi.

Mazkur tadbir Prezidentning 2025-yil 20-oktabrdagi davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Qarorga koʻra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda umummilliy diktant loyihasini oʻtkazish nazarda tutilgan.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad – xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, davlat tiliga boʻlgan hurmatni kuchaytirish va uning nufuzini yanada mustahkamlashdan iborat.

Xodimlar diktant matnini imlo qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda yozib, oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi. Yozma ishlar belgilangan mezonlar asosida baholanadi.

Опубликовано: