Перейти к основному содержанию

Новость

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI SHVETSIYANING ILMIY VA INNOVATSION TAJRIBASI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI SHVETSIYANING ILMIY VA INNOVATSION TAJRIBASI BILAN TANISHDI

Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Uppsaladagi RISE tadqiqot instituti, Shvetsiya qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti (SLU), "Hemisphere Technologies" va "XINIX Global AB" kompaniyalari, shuningdek, Shvetsiya Qirollik qishloq va o‘rmon xo‘jaligi akademiyasi (KSLA) tashrif buyurib, ushbu tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashriflar doirasida Uppsala viloyati gubernatori Stefan Attefall, SLU rektori Mariya Knutson Vedel hamda universitet rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda suv resurslarini barqaror boshqarish, qishloq xo‘jaligida suvni tejash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

"Hemisphere Technologies" va "XINIX Global AB" kompaniyalariga tashrif davomida Hemisphere Technologies kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Hans Karlstrand delegatsiya a’zolarini kompaniya faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi. XINIX Global AB kompaniyasining suv tizimlarini himoyalashga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalari taqdim etildi.

Shvetsiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi qirollik akademiyasiga (KSLA) tashrif chog‘ida akademiya bosh kotibi va boshqaruvchi direktori Peter Normark tashkilot faoliyati hamda asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, Shvetsiya qishloq xo‘jaligi konsultativ tashkilotlari uyushmasi bosh direktori Bo Selerud mamlakatda fermerlarga maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish tizimi haqida taqdimot qildi.

Uchrashuvlarda ilm-fan, ta’lim va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, suv tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, fermerlarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Опубликовано: