Перейти к основному содержанию

Новость

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI YANGI SLUSSEN LOYIHASI BILAN TANISHDI

Stokgolm markazidagi Slussen — Malaren ko‘lini Boltiq dengizi bilan bog‘lovchi gidrotexnik inshoot va yirik transport tugunidir.

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI YANGI SLUSSEN LOYIHASI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolm shahridagi Yangi Slussen majmuasiga tashrif buyurib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Stokgolm markazidagi Slussen — Malaren ko‘lini Boltiq dengizi bilan bog‘lovchi gidrotexnik inshoot va yirik transport tugunidir.

Yangi yechimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar qariyb 20 yil davom etgan. Yangi Slussen loyihasining umumiy qiymati qariyb 1,9 milliard yevroni tashkil etadi.

Yangi Slussen oddiy transport loyihasi emas. Unda suv sathini boshqarish, toshqin xavfini kamaytirish, ichimlik suvi manbasini muhofaza qilish, transport tizimi va jamoat makonlarini rivojlantirish yagona yechimda birlashtirilgan.

Malaren ko‘li qariyb 2 million kishini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Yangi inshoot ko‘ldan suv chiqarish imkoniyatini avvalgiga nisbatan qariyb 5 baravar oshiradi.

Опубликовано: