Новость
SUV SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI BOSHLANDI
Hujjatni Markaz direktori Jaloliddin Usmanov va SIWI ijrochi direktori Helena Taybel imzoladi.

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish, suvdan barqaror va samarali foydalanish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish uchun hamkorlik asoslarini belgilaydi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 suv va iqlim diplomatiyasini rivojlantirish;
🔹 transchegaraviy suv hamkorligini mustahkamlash;
🔹 suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
🔹 iqlim o‘zgarishiga moslashuv va chidamlilikni oshirish;
🔹 suvdan barqaror va samarali foydalanish;
🔹 nizolarning oldini olish va umumiy suv resurslarini hamkorlikda boshqarish.
Memorandum doirasida davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun o‘quv kurslari, malaka oshirish dasturlari, yozgi maktablar, seminarlar va o‘quv tashriflarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar qo‘shma tadqiqotlar olib borish, bilim va tajriba almashish, ilmiy nashrlar tayyorlash, konferensiyalar, davra suhbatlari hamda siyosiy muloqotlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Опубликовано:
Похожие материалы

Новость
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI
Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Новость
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Новость
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
