Skip to main content

News

SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI

Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI

Xelsinki shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Finlyandiya suv forumi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida suv ta’minoti sohasini raqamlashtirish, zamonaviy fin yechimlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va texnik bilimlar almashinuvini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar texnologiya va bilimlar almashinuviga oid kompleks loyiha tayyorlash, uni amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib oldilar.

Published: