Yangilik
SUV OMBORLARI XAVFSIZLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORALARI BELGILANDI
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 56 ta suv omborining faqat toʻrttasida professional qutqaruv xizmati tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborlarining texnik holati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 56 ta suv omborining faqat toʻrttasida professional qutqaruv xizmati tashkil etilgan. Shu bois suv omborlarida xavfsizlik tizimini kuchaytirish, xavfli oʻzgarishlarni erta aniqlash maqsadida videokuzatuv, seysmologik uskunalar, mahalliy ogohlantirish tizimlari va raqamli nazorat vositalarini keng joriy etish rejalashtirilmoqda.
Suv omborlarining texnik holatini oʻrganish doirasida 25 ta obyekt joyiga chiqib tekshirilgan. Ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash va ehtimoliy xavflarning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Shuningdek, suv omborlari atrofida turizm xizmatlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Hozirda beshta suv omborida turizm xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yana 25 tasida sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2029-yil 1-oktabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarining 50 foizini toʻlash imkoniyatini berish, GPS, qutqaruv va xavfsizlik uskunalari uchun bojxona toʻlovlarini 120 kungacha kechiktirish yoki boʻlib toʻlash mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, suv omborlari atrofidagi yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablagʻlarni tashqi muhandislik tarmoqlari va yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirish taklif etildi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
EL-NINO TA’SIRIDA TINÇ OKEANI SUVI RANGI ÖZGARMOQDA
El-Nino Tinç okeani ekvatorial qismida suv haroratining kötarilişi va okean hamda atmosfera sirkulyatsiyasining özgarişi bilan keçadi.

Yangilik
21-OKTABR – OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI
1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Yangilik
SUV SOHASI XODIMLARI “UMUMMILLIY DIKTANT”DA ISHTIROK ETDI
Xodimlar diktant matnini imlo qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda yozib, oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.
