Asosiy kontentga oʻtish

Markaz haqida

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi davlat muassasasi.

Huquqiy maqomi

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi (keyingi oʻrinlarda «Markaz» deb yuritiladi) davlat muassasasi hisoblanib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Markazning faoliyati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta'minoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga boʻysunadi.

Moliyalashtirish

Markaz faoliyati davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaz oʻz faoliyatiga yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar, grant, shu jumladan xorijiy grant mablagʻlarini, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻlar jalb qilishi mumkin.

Rasmiy nomlanishi

Davlat tilida — toʻliq nomi: Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi, qisqartirilgan nomi: SSBRM.

Rus tilida — toʻliq nomi: Центр устойчивого развития в водной сфере, qisqartirilgan nomi: ЦУРВС.

Ingliz tilida — toʻliq nomi: Center for Sustainable Development of the Water Sector, qisqartirilgan nomi: CSDWS.

Rahbariyat

  • UJ

    Usmanov Jaloliddin Qudratovich

    Markaz direktori

    Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik, vazirlik va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar.

  • TD

    Toshmatova Diyoraxon Xasanboy qizi

    Direktor oʻrinbosari

    Strategik tahlil, innovatsiyalar va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish - Xalqaro hamkorlik, suv diplomatiyasi va xorijiy tajribalarni joriy etish.

  • SN

    Shodiyev Nurali Ochilovich

    Media masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

    Media va kontentlarni tayyorlash - Suv xoʻjaligini kompleks rivojlantirish va samaradorligini oshirishga koʻmaklashish