Asosiy kontentga oʻtish

Loyihalar va rivojlanish sheriklari

Markaz muvofiqlashtirayotgan xalqaro loyihalar, ularning maqsadi, hududi va moliyaviy manbalari.

19 ta loyiha

“Markaziy Osiyoda suv resurslarini integratsiyalashgan rejalashtirish va boshqarish boʻyicha salohiyatni oshirish” loyihasi
Amalda

“Markaziy Osiyoda suv resurslarini integratsiyalashgan rejalashtirish va boshqarish boʻyicha salohiyatni oshirish” loyihasi

Loyihaning asosiy maqsadi oʻquv faoliyati boʻyicha tajribalarni umumlashtirish, trenerlarni tayyorlash, Markaziy Osiyo mamlakatlarida foydalanish uchun toʻrtta yoʻnalish boʻyicha oʻquv modullarini ishlab chiqish, suv sohasi mutaxassislarining muntazam malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda Orol dengizi havzasini boshqarish modelini (ODHMM) takomillashtirishdan iborat.

Sherik
IHE-UNESCO
Byudjet
584 239 €
Muddat
2009-2013
Hudud
Markaziy Osiyo — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasida SRIBni joriy etish uchun ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish tizimi
Amalda

Oʻzbekiston Respublikasida SRIBni joriy etish uchun ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish tizimi

Loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan 2016–2020-yillarda amalga oshirilgan loyihaning davomi boʻlib, ilgʻor suv axborot tizimini yanada rivojlantirish hamda uni tanlangan hududlardagi SMART havza boshqaruvi tizimlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan.

Sherik
KOICA
Byudjet
10,0 mln
Muddat
2022–2025
Hudud
Oʻzbekiston
“Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasi
Amalda

“Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasi

Loyihaning maqsadi — Zarafshon daryosi havzasi uchun suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (SRIB) va suvni tejash rejasini ishlab chiqish, suv sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, suv resurslarini boshqarish masalalarini tegishli tarmoqlararo tuzilmalar faoliyatiga integratsiya qilishni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Sherik
UNDP
Byudjet
$ 1 259 245
Muddat
2010–2013
Hudud
Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand va Navoiy viloyatlari
“Fargʻona vodiysida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish” loyihasi (“SRIB-Fargʻona”)
Amalda

“Fargʻona vodiysida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish” loyihasi (“SRIB-Fargʻona”)

Loyihaning umumiy maqsadi — suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish orqali xavfsiz turmush sharoiti, ekologik barqarorlik va ijtimoiy hamjihatlikka koʻmaklashish hamda Fargʻona vodiysi misolida Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq hududlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash.

Sherik
IWMI / SIC ICWC
Byudjet
5,3 mln CHF
Muddat
2001–2012
Hudud
Andijon va Fargʻona viloyatlari, Janubiy Fargʻona kanali
“Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi”
Amalda

“Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi”

Loyihaning maqsadi: Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida suv resurslarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha Master-rejani ishlab chiqish hamda suv resurslarini boshqarish boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Sherik
KOICA
Byudjet
7,0 mln
Muddat
2016–2020
Hudud
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi
“Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlari va deltalarida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishga (SRIB) oʻtish. Dastlabki asoslash” loyihasi
Amalda

“Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlari va deltalarida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishga (SRIB) oʻtish. Dastlabki asoslash” loyihasi

Loyihaning maqsadi. Amudaryoning quyi oqimida — Oʻzbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, Turkmanistonning Dashoguz viloyatida hamda Sirdaryoning quyi oqimida — Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (SRIB) tizimini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada suv sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha batafsil rejani ishlab chiqish.

Sherik
U.S. Department of State
Byudjet
35,255 mln
Muddat
2004–2005
“Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi
Amalda

“Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi

Loyihaning asosiy vazifalari milliy, havzaviy va fermer xoʻjaliklari darajasida suv resurslarini boshqarish boʻyicha institutsional va texnik salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, suv va boshqa tegishli resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha xabardorlikni oshirishdan iborat.

Sherik
European Union
Muddat
2016-2020
Hudud
Fargʻona, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari