Amalga oshirilish hududi: Markaziy Osiyo — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston.
Loyiha qiymati: 584 239 yevro.
Yetakchi tashkilotlar/hamkorlar: IHE-UNESCO, Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi (DSXMK) Ilmiy-axborot markazi.
Donor: Niderlandiya hukumati.
Amalga oshirish muddati: 2009-yil iyun — 2013-yil mart.
Maqsad va natijalar
Loyihaning asosiy maqsadi oʻquv faoliyati boʻyicha tajribalarni umumlashtirish, trenerlarni tayyorlash, Markaziy Osiyo mamlakatlarida foydalanish uchun toʻrtta yoʻnalish boʻyicha oʻquv modullarini ishlab chiqish, suv sohasi mutaxassislarining muntazam malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda Orol dengizi havzasini boshqarish modelini (ODHMM) takomillashtirishdan iborat.
Loyiha doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
- sertifikatlangan oʻquv dasturini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Orol dengizi havzasini boshqarish modelini yangilash va takomillashtirish;
- “Markaziy Osiyoda suv: oʻtmishi, buguni va kelajagi” kitobini nashr etish.
Asosiy natijalar
- mintaqaviy va milliy darajada salohiyatni oshirish borasida DSXMK Ilmiy-axborot markazining yetakchi roli kuchaytirildi. Markaziy Osiyoning besh mamlakatidan 34 nafar milliy trener SRIB boʻyicha tayyorlandi;
- quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlari va modullari ishlab chiqildi:
- “Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish”;
- “Sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirish”;
- “Xalqaro suv huquqi va siyosati”;
- “Transchegaraviy daryolar boʻyicha mintaqaviy hamkorlik”;
- kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojlar baholandi hamda Markaziy Osiyodagi suv xoʻjaligi tashkilotlari mutaxassislarining malakasini oshirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi;
- Orol dengizi havzasini boshqarish modeli (ODHMM)ning asosiy bloklari qayta koʻrib chiqildi va yangilandi. Jumladan, ma’lumotlar bazasi modernizatsiya qilindi, gidroenergetika moduli gidrologik va ijtimoiy-iqtisodiy modellar bilan integratsiya qilindi, milliy va mintaqaviy rejalashtirish modullari takomillashtirildi hamda ma’lumotlarni import va eksport qilish imkoniyatlari kengaytirildi;
- “Markaziy Osiyoda suv: oʻtmishi, buguni va kelajagi” kitobi nashr etildi. Unda loyiha doirasida toʻplangan tajriba, tegishli faktlar va tahliliy materiallar umumlashtirilgan.