Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Umumiy ma'lumot

BMTNING 2026-YILGI SUV RESURSLARI BÖYIÇA KONFERENSIYASI: GLOBAL HAMKORLIK VA AMALIY YEÇIMLAR

Umumiy ma'lumot

2026-yil 8–10-dekabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida BMTning Suv resurslari böyiça 2026-yilgi konferensiyasi bölib ötadi.

Konferensiyaga Birlaşgan Arab Amirliklari va Senegal Respublikasi hamraislik qiladi. Uning asosiy maqsadi Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 6-maqsadi — barça uçun toza içimlik suvi va sanitariya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş hamda suv resurslarini barqaror boşqariş böyiça işlarni jadallaştirişdan iborat.

Konferensiyaning öziga xos jihatlari:

🔹 Global Janub davlatlari hamkorligi. BMTning uşbu konferensiyasiga ilk bor Global Janubning ikki davlati — BAA va Senegal hamkorlikda mezbonlik qiladi. Bu inklyuziv köp tomonlama hamkorlikning muhim namunasidir.

🔹 Barqaror rivojlanişning 6-maqsadiga alohida e’tibor. Konferensiya BMT Boş Assambleyasi mandati asosida aynan suv va sanitariya masalalariga, ya’ni SDG 6 maqsadiga bağişlangan.

🔹 Suv sohasiga investitsiyalar. Konferensiya tarixida ilk bor suv sohasiga investitsiyalar va moliyalaştiriş masalalariga bağişlangan alohida interaktiv muloqot taşkil etiladi. Unda xususiy sektor va moliya hamjamiyatining iştirokiga alohida e’tibor qaratiladi.

Konferensiyaning oltita asosiy yönalişi:

🔹Aholi uçun suv — içimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalaniş.

🔹Farovonlik uçun suv — suv, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi.

🔹Sayyora uçun suv — ekotizimlarni tiklaş, biologik xilma-xillik va iqlim özgarişi.

🔹Hamkorlik uçun suv — transçegaraviy suv resurslarini boşqariş va xalqaro hamkorlik.

🔹Köp tomonlama xalqaro jarayonlarda suv masalalari — suv muammolarini global kun tartibiga olib çiqiş.

🔹Suv sohasiga investitsiyalar — moliyalaştiriş, xususiy sektor iştiroki va innovatsiyalar.

Konferensiyaga tayyorgarlik jarayoni Dakar şahrida ötkazilgan yuqori darajadagi tayyorgarlik uçraşuvidan boşlangan. Şuningdek, 12 nafar hamrais tomonidan davlat idoralari, sanoat, fuqarolik jamiyati, tub xalqlar va yoşlar vakillari iştirokida xalqaro maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda.

Anjuman davlatlar, xalqaro taşkilotlar, biznes vakillari, moliya institutlari, fuqarolik jamiyati va yoşlarni yagona muloqot maydonida birlaştirib, suv xavfsizligini ta’minlaş, ekotizimlarni tiklaş va barça uçun toza suv hamda sanitariya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan amaliy yeçimlarni ilgari surişga xizmat qiladi.

Sana: 8–10-dekabr, 2026-yil
Manzil: Abu-Dabi, Birlaşgan Arab Amirliklari.

Dastur