Yangilik
YER OSTI SUVLARINING KAMAYIŞI YERNING AYLANIŞ QUTBIGA HAM TA’SIR KÖRSATMOQDA
Yangi usulda atmosferadan keladigan namlik miqdori va daryo havzalarining suv balansi ham hisobga olindi.

Yer osti suvlari — sayyoramizdagi eng yirik foydalaniş mumkin bölgan çuçuk suv zaxirasi hisoblanadi. Biroq ularning global miqyosda qançalik kamayib borayotganini aniq baholaş hozirgaça murakkab bölib kelgan. Sababi sun’iy yöldoşlar suv zaxirasining umumiy özgarişini ölçaydi, yer osti suvlarini esa boşqa suv manbalaridan alohida ajratib körsata olmaydi.
Yangi tadqiqotda olimlar GRACE va GRACE-FO sun’iy yöldoşlari ma’lumotlari asosida 2002-yil aprelidan 2022-yil dekabrigaça bölgan davrda dunyo böyiça yer osti suvlari zaxirasi özgarişini qayta tiklaşdi. Buning uçun fizik qonuniyatlar va gidrologik jarayonlarni hisobga oluvçi maxsus neyron tarmoqdan foydalanildi. Tahlil yarim graduslik fazoviy aniqlikda amalga oşirildi.
Yangi usulda atmosferadan keladigan namlik miqdori va daryo havzalarining suv balansi ham hisobga olindi. Natijalar mustaqil kuzatuv quduqlari ma’lumotlari bilan soliştirilib, avvalgi gidrologik modellarga nisbatan aniqroq tendensiyalarni körsatgan.
Tadqiqot natijalariga köra, yer osti suvlari zaxirasi sezilarli kamaygan hududlardagi jami yöqotiş yiliga 358 +/- 12 kub kilometrni taşkil etgan. Biroq ayrim hududlarda suv zaxiralarining köpayişi ham hisobga olinganda, quruqlik böyiça umumiy sof özgariş yiliga -36 +/- 18 kub kilometr deb baholangan.
Olimlar hisob-kitobiga köra, bu jarayon dengiz sathining yiliga 0.10 +/- 0.05 millimetrga kötarilişiga teng ta’sir körsatadi.
Tadqiqotda yana bir muhim jihat aniqlangan: yer osti suvlari massasining qayta taqsimlanişi Yerning aylaniş qutbi harakatiga ham ta’sir qilişi mumkin. Hisob-kitoblarga köra, bu siljiş yiliga 6,9 santimetrni taşkil etib, 68,6° şarqiy uzunlik yönalişiga töğri keladi.
Uşbu tadqiqot yer osti suvlari zaxirasini global miqyosda baholaşning yangi usulini taklif etadi. U suv resurslaridagi uzoq muddatli özgarişlarni aniqroq kuzatiş va gidrologik modellarni takomillaştiriş uçun muhim ahamiyatga ega.
Manba: Reconstruction of Global Groundwater Storage Anomaly from GRACE Satellite Gravimetry Using a Physics-Constrained Decomposition LSTM. arXiv.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
DUNYO KÖLLARI ÖRTASIDAGI EKOLOGIK BOĞLIQLIK KUÇAYMOQDA
Natijalar 2000-yildan boşlab köllardagi ekologik jarayonlar sinxronligi sezilarli darajada kuçayganini körsatdi.

Yangilik
ÖZBEKISTONDA SUV DIPLOMATIYASI VA ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Timur Butunbayev Aşok Svayn bilan uçraşdi.

Yangilik
AMUDARYO VA SIRDARYO HAVZALARIDA MINTAQAVIY SUV HAMKORLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Unda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari vakillari, mintaqaviy taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro taraqqiyot hamkorlari iştirok etdi.
