Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Yangilik

AMUDARYO VA SIRDARYO HAVZALARIDA MINTAQAVIY SUV HAMKORLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Unda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari vakillari, mintaqaviy taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro taraqqiyot hamkorlari iştirok etdi.

AMUDARYO VA SIRDARYO HAVZALARIDA MINTAQAVIY SUV HAMKORLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Toşkentda 10-11-noyabr kunlari Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv resurslarini iqlim özgarişi şaroitida boşqariş, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş va suv sohasidagi ustuvor vazifalarni muvofiqlaştiriş masalalariga bağişlangan havzaviy muloqotlarning törtinçi yiğilişi bölib ötdi.

Ikki kun davom etgan tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oşirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim ta’sirini hisobga olgan holda suv resurslarini boşqariş” mintaqaviy dasturi doirasida taşkil etildi. Unda Markaziy Osiyoning beşta davlati – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari vakillari, mintaqaviy taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro taraqqiyot hamkorlari iştirok etdi.

Tadbir doirasida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston vakillari milliy bayonotlar bilan çiqiş qildi. Ma’ruzalarda mamlakatlarda suv sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, strategik maqsadlar, mavjud muammolar va ularni hal etişda mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Suv sohasida barqaror rivojlaniş markazi direktor örinbosari Diyoraxon Toşmatova öz ma’ruzasida mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş va suv xöjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, Özbekistonda foydalaniladigan suv resurslarining qariyb 90 foizi qişloq xöjaligi hissasiga töğri keladi. Uşbu tarmoq mamlakat yalpi içki mahsulotining taxminan 24 foizini taşkil etadi. Şu bilan birga, iqtisodiyot ehtiyojlari uçun işlatiladigan suv resurslarining atigi 20 foizi mamlakat hududida şakllanadi, qolgan 80 foizi esa Markaziy Osiyoning qöşni davlatlaridan keladi.

Sönggi sakkiz yilda 2,8 million gektardan ortiq maydonda suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan. Bu mamlakatdagi jami suğoriladigan yerlarning 65 foizidan köproğini taşkil etadi va yiliga 2 milliard kub metrgaça suvni tejaş imkonini bermoqda. 2030-yilga qadar esa mamlakatdagi 4,3 million gektar suğoriladigan maydonning barçasini suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab oliş rejalaştirilgan.

Ma’ruzada, şuningdek, transçegaraviy suv resurslarini birgalikda boşqariş, gidrologik ma’lumotlar almaşinuvini rivojlantiriş, suv toşqinlari va qurğoqçilik xavfidan erta ogohlantiriş tizimlarini takomillaştiriş, iqlim özgarişiga moslaşiş hamda suv xöjaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalariga töxtalib ötildi.

Muhokamalar davomida suv sifati masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Amudaryo havzasida suv sifati böyiça birinçi mintaqaviy işçi guruhini taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi. Bu yönalişda davlatlar va manfaatdor taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, ma’lumot va tajriba almaşiş muhimligi ta’kidlandi.

Ikki kunlik muloqot yakunlari suv sohasidagi milliy ustuvor vazifalarni mintaqaviy maqsadlar bilan uyğunlaştiriş, xalqaro hamkorlar kömagini muvofiqlaştiriş va iqlim özgarişi şaroitida suv xavfsizligini ta’minlaş böyiça hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini körsatdi.

E'lon qilingan: