Asosiy kontentga oʻtish

Faoliyat yoʻnalishlari

Markaz suv resurslarini boshqarish sohasida ilmiy-tahliliy qoʻllab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va kadrlar malakasini oshirish boʻyicha ish olib boradi.

Suv resurslarini boshqarish

Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy etish boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanadi. Havza darajasidagi rejalashtirish, suvdan foydalanish limitlarini asoslash va suv taqsimotining samaradorligini baholash shu yoʻnalishga kiradi.

Irrigatsiya va yerlar melioratsiyasi

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini tarqatish va irrigatsiya tarmoqlarining texnik holatini baholash masalalari oʻrganiladi.

Raqamlashtirish va monitoring

Suv xoʻjaligi obyektlarini avtomatlashtirish, hisobga olish tizimlarini joriy etish va ma'lumotlarni ochiq shaklda taqdim etish yoʻnalishi. Suv iste'moli monitoringi va raqamli platformalar shu yerda muvofiqlashtiriladi.

Malaka oshirish

Soha mutaxassislari uchun oʻquv dasturlari, seminarlar va uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanadi. Dasturlar suv xoʻjaligining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi.

Gender konsepsiyasi

Suv xoʻjaligida gender tengligini ta'minlash boʻyicha konsepsiya va uni amalga oshirish chora-tadbirlari. Sohada ayollarning ishtirokini kengaytirish va qaror qabul qilishda teng imkoniyatlar yaratish koʻzda tutiladi.

file 1787117040