Nizom va hujjatlar
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar toʻplami va Nizom.
Me'yoriy-huquqiy asoslar
Markaz faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda tasdiqlangan Nizom.
Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF–183-son Farmoniga koʻra, Suv sohasida barqaror rivojlanish markaziga sohadagi islohotlar va maqsadli koʻrsatkichlarni tahlil qilish, tizimli muammolarga strategik yechimlar ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni ilgari surish hamda transchegaraviy, xalqaro va mahalliy suv masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash vazifalari yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyulda qabul qilingan Suv kodeksi suv resurslarini boshqarish, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi obyektlari faoliyati, transchegaraviy suv hamkorligi hamda suvga doir munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining 2025-2030 yillarga moʻljallangan Gender konsepsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining 2025–2030-yillarga moʻljallangan Gender konsepsiyasi suv xoʻjaligi tizimiga gender tenglik tamoyillarini keng joriy etish, xotin-qizlarning ishtiroki va faolligini oshirish hamda ular uchun teng kasbiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgustdagi PQ–250-son qarori bilan tasdiqlangan 2025–2028-yillarga moʻljallangan dastur suv resurslarini oqilona boshqarish, irrigatsiya va melioratsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv hisobini raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.
