Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Hujjatlar

Özbekiston Respublikasining 2026-yilgi BMT Suv resurslari böyiça konferensiyasi doirasidagi parallel tadbiri (side event) konsepsiyasi

Concept note

KONSEPSIYA LOYIHASI

Tadbir nomi: Mintaqaviy platformalar – global ta’sir: 6-maqsadga erişiş yölida suv resurslari sohasida hamkorlik, innovatsiyalar va amaliy harakatlarni qöllab-quvvatlaş

Sana va vaqt: 2026-yil 10-dekabr, soat 12:00–13:15 (dastlabki)

Ötkaziliş joyi: ADNEC, Abu-Dabi, Birlaşgan Arab Amirliklari (Blue Zone, 1-zal)

Davomiyligi va formati: 75 daqiqa; moderator boşçiligidagi panel muhokamasi va interaktiv muloqot

Asosiy taşkilotçi: Özbekiston Respublikasi

Hamkor taşkilotçi: Stokgolm xalqaro suv resurslari instituti (SIWI)

Taklif etilayotgan hamkorlar: IWMI, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda boşqa manfaatdor davlatlar, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar (iştirokçilar tarkibi keyinçalik tasdiqlanadi)

Qisqaça tavsif

Tadbirda 6-Barqaror rivojlaniş maqsadini (BRM 6) amalga oşirişni jadallaştirişda mintaqaviy platformalar va mintaqalararo amaliy tajriba almaşiş qanday imkoniyatlar yaratişi muhokama qilinadi. Markaziy Osiyo davlatlari va Afğoniston tajribasini boşqa mintaqalarning yondaşuvlari bilan qiyosiy tahlil qiliş asosida iştirokçilar transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaş, suv diplomatiyasini rivojlantiriş va turdoş tarmoqlar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqadilar. Bunda turli mamlakatlar va daryo havzalari şaroitida qöllaş mumkin bölgan yeçimlarga alohida e’tibor qaratiladi.

1. Asoslantiriş

Iqlim va ekologik muammolar kuçayib borayotgan şaroitda barqaror rivojlanişni ta’minlaşda mintaqaviy hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Suv resurslari uşbu kun tartibining markaziy örinlaridan birini egallaydi. Çunki suvning mavjudligi va undan oqilona foydalaniş energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, ekotizimlar holati hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş bilan çambarças boğliq.

Suv va iqlim jarayonlarining transçegaraviy xususiyati davlatlar manfaatlarini muvofiqlaştiriş hamda barça manfaatdor tomonlarning iştirokiga asoslangan kompleks havzaviy va ekotizimli yondaşuvlarni qöllaş zaruratini yuzaga keltiradi.

Markaziy Osiyoda davlatlarning umumiy muammolari va milliy ustuvor yönalişlarini hisobga oluvçi suv va iqlim masalalariga oid öziga xos mintaqaviy kun tartibi şakllangan. Uning asosini Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) va Markaziy Osiyo davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiriş komissiyasi (DSK) kabi amaldagi davlatlararo hamkorlik mexanizmlari, şuningdek, Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga moslaşiş strategiyasi kabi mintaqaviy strategik hujjatlar taşkil etadi.

Mintaqa mamlakatlari suv xöjaligi va ekologiya sohasidagi vazifalarni birgalikda hal etiş böyiça amaliy tajribaga ega hamda hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun zarur institutsional asoslarni şakllantirgan. Markaziy Osiyo ilğor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda mintaqaviy kun tartibini rivojlantirişga va töplangan tajribani boşqa mintaqalar bilan baham köriş orqali global suv va iqlim muammolarini hal etişga hissa qöşişga tayyor.

Şu bilan birga, mintaqaviy sa’y-harakatlar samaradorligi köp jihatdan butun daryo havzasi doirasidagi özaro boğliqliklarni hisobga oliş va umumiy muammolarni muhokama qilişda manfaatdor davlatlarning iştirokiga boğliq. Afğoniston Amudaryo havzasi ekotizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning hududida keçayotgan suv va iqlim jarayonlari butun mintaqa uçun ahamiyatga ega. Ayni paytda Afğonistonning suv resurslari böyiça amaldagi mintaqaviy hamkorlik mexanizmlaridagi iştiroki çeklanganligiça qolmoqda.

Taklif etilayotgan tadbir Markaziy Osiyo tajribasini boşqa mintaqalar amaliyoti bilan qiyoslaş, Afğoniston bilan hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş hamda transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaşning amaliy yondaşuvlarini belgilaş imkonini beradi.

Bu nafaqat mavjud muammolarni körsatib beriş, balki xalqaro hamjamiyatga mintaqaviy tajriba, şakllangan hamkorlik mexanizmlari va ularni yanada rivojlantiriş salohiyatini taqdim etiş imkonini ham yaratadi.

Şu orqali tadbir 6.5-vazifa (BRM 6) ijrosiga hissa qöşadi. Mazkur vazifa barça darajalarda, jumladan, transçegaraviy hamkorlik orqali suv resurslarini kompleks boşqarişni amalga oşirişni nazarda tutadi.

2. Maqsad va vazifalar

Maqsad: BRM 6 ijrosini jadallaştiriş, transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaş hamda samarali yeçimlarni milliy va havzaviy şaroitlarga moslaştirişda mintaqaviy hamkorlik va mintaqalararo tajriba almaşiş imkoniyatlarini aniqlaş.

Tadbirning vazifalari:

– Markaziy Osiyo va Afğonistonning mintaqaviy hamkorlik hamda suv diplomatiyasi sohasidagi tajribasini taqdim etiş;

– boşqa mintaqalardagi davlatlar va taşkilotlarni jalb etiş orqali xalqaro muloqot doirasini kengaytiriş;

– global maqsadlar, mintaqaviy platformalar va milliy darajadagi ijro örtasidagi boğliqlikni ta’minlaşning amaliy mexanizmlarini muhokama qiliş;

– suv bilan boğliq muammolarni hal etişda ilm-fan, ma’lumotlar, innovatsiyalar, tarmoqlararo hamkorlik va davlat islohotlarining rolini yoritiş;

– davlatlar, xalqaro taşkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va moliya institutlari örtasida tajriba almaşiş hamda hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlarini aniqlaş.

3. Muhokama uçun asosiy masalalar

– Mintaqaviy platformalar va suv diplomatiyasi işonçni mustahkamlaş, transçegaraviy hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, BRM 6 va «Hamkorlik uçun suv» interaktiv muloqoti ustuvor yönalişlarini amalga oşirişga qanday hissa qöşişi mumkin?

– Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida amalga oşirilayotgan suvni tejaş, suv xöjaligini raqamlaştiriş va suv resurslarini boşqariş samaradorligini oşirişga qaratilgan qanday amaliy yeçimlar boşqa mintaqalar uçun ham qiziqarli bölişi mumkin?

– Markaziy Osiyoda amalda bölgan mintaqaviy hamkorlik mexanizmlari va iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça strategik yondaşuvlar, jumladan, Afğoniston iştirokida hamkorlikni yanada rivojlantirişga qanday yordam berişi mumkin?

– Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq, Afrika va Yevropaning qanday institutsional yondaşuvlari hamda amaliy yeçimlarini mavjud mexanizmlarni takrorlamagan holda turli daryo havzalari şaroitlariga moslaştiriş mumkin?

– Suv va iqlim masalalari böyiça mintaqaviy hamkorlikni xalqaro jarayonlar bilan özaro boğlaş, manfaatdor davlatlarning tegişli muloqotdagi iştirokini kengaytiriş uçun qanday imkoniyatlar mavjud?

– Ilm-fan, ma’lumotlar almaşinuvi, raqamli texnologiyalar va tarmoqlararo muvofiqlaştiriş suv sohasidagi hamkorlik samaradorligini qanday oşirişi mumkin?

– Xalqaro taşkilotlar, rivojlaniş böyiça hamkorlar va moliya institutlari qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda amaliy tajribani keng yoyişda qanday rol öynaşi mumkin?

4. Format va metodologiya

Tadbirni davlatlar, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar, ilmiy hamjamiyat hamda rivojlaniş böyiça hamkorlar vakillari iştirokida moderator boşçiligidagi panel muhokamasi şaklida ötkaziş taklif etiladi.

Muhokamalar Markaziy Osiyo va Afğoniston tajribasini Yaqin Şarq, Afrika, Yevropa va boşqa mintaqalar amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilişga asoslanadi. Bunda mintaqaviy hamkorlik, suv diplomatiyasi va manfaatlarni muvofiqlaştirişning aniq misollari, şuningdek, muvaffaqiyatli yeçimlarni turli milliy va havzaviy şaroitlarga moslaştiriş imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratiladi.

Muhokamaning alohida yönalişi Afğoniston bilan mintaqaviy muloqotni rivojlantirişning amaliy yondaşuvlarini izlaşga bağişlanadi. Ma’ruzalar amaliy natijalar, töplangan tajribadan olingan xulosalar va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlariga yönaltiriladi.

Muhokamalar yakunida asosiy xulosalarni umumlaştiriş hamda amaldagi platformalar va hamkorlik doirasida mintaqalararo tajriba almaşişning istiqbolli yönalişlarini belgilaş rejalaştirilgan.

5. Kutilayotgan natijalar

Tadbir yakunida quyidagi natijalarga erişiş közda tutilgan:

– suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv xöjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va suv diplomatiyasini rivojlantiriş borasida Özbekiston hamda Markaziy Osiyoning amaliy tajribasini xalqaro hamjamiyatga taqdim etiş;

– milliy va mintaqaviy tajribalarni boşqa mamlakatlar hamda daryo havzalari şaroitlariga moslaştiriş mumkin bölgan yönalişlarni aniqlaş;

– davlatlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy muassasalar va rivojlaniş böyiça hamkorlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş;

– transçegaraviy suv resurslari va iqlim sohasidagi hamkorlik masalalari böyiça Afğoniston bilan kelgusidagi muloqotning mumkin bölgan yönalişlarini, jumladan, hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantiriş imkoniyatlarini belgilaş;

– transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaş, ma’lumotlar almaşinuvi, ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni moliyalaştirişni jalb etiş böyiça amaliy xulosalarni şakllantiriş;

– amaldagi mintaqaviy va xalqaro platformalar doirasida Markaziy Osiyo, Afğoniston va boşqa mintaqalar örtasida kelgusida tajriba almaşişning istiqbolli yönalişlarini aniqlaş;

– muhokamaning asosiy xulosalari va keyingi hamkorlikning mumkin bölgan yönalişlarini aks ettiruvçi qisqa yakuniy hujjat tayyorlaş.

Tadbir yangi xalqaro majburiyatlarni qabul qiliş yoki alohida doimiy mexanizm taşkil etişni nazarda tutmaydi. Asosiy e’tibor amaliy xulosalar va amaldagi platformalar hamda hamkorlik mexanizmlari doirasida kelgusida hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlariga qaratiladi.

6. SIWIning yetakçi taşabbusi bilan boğliqligi

SIWIning «Barqarorlik uçun suv diplomatiyasi: suv va undan kengroq masalalar» («Water Diplomacy for Resilience: Water and Beyond») nomli yetakçi taşabbusi bilan boğliqlik suv diplomatiyasi, mintaqalararo tajriba almaşiş hamda suv masalalarining iqlim, energetika, oziq-ovqat, savdo, mintaqaviy boğliqlik va moliyalaştiriş bilan özaro aloqadorligini muhokama qiliş orqali ta’minlanadi.

Mazkur taşabbus Konferensiyadan keyin ham tajriba almaşiş va tadbir xulosalarini keng yoyişning qöşimça kanallaridan biri bölib xizmat qilişi mumkin. Bunda u side event tadbirining markaziy mavzusi yoki uni amalga oşirişning alohida mexanizmi sifatida qaralmaydi.

Kelgusidagi hamkorlik iştirokçilarning manfaatdorligi asosida, amaldagi mexanizmlarni takrorlamagan holda va ularning vakolatlariga rioya etgan tarzda amalga oşiriladi.

7. Iştirokçilar va taşkilotçilar

Markaziy Osiyo davlatlari va Afğoniston vakillari; Yaqin Şarq, Afrika, Yevropa va boşqa mintaqalardagi manfaatdor davlatlar vakillari; OQXJ, DSK va boşqa tegişli mintaqaviy hamda havzaviy mexanizmlar vakillari; BMT tizimidagi tuzilmalar; mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar; ilmiy va ekspert muassasalari; rivojlaniş böyiça hamkorlar va moliya institutlari; zaruratga köra, texnologiyalar sohasi va xususiy sektor vakillari.

Taşkilotçi tomonidan mas’ul aloqa uçun şaxs: Timur Baxranov, Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi Xalqaro munosabatlar va Jahon savdo taşkiloti masalalari bölimi boş mutaxassisi.

Tel.: +998 97 305-00-72
Elektron poçta: bakhranov.timur@mail.ru