Asosiy kontentga oʻtish

Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpogʻistonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi

Loyiha Ellikqal’a, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlaridagi jami 100 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirishni maqsad qilgan.

Amalda
Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpogʻistonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi

Loyihaning asosiy maqsadi — Ellikqal’a (33,2 ming gektar), Beruniy (34 ming gektar) va Toʻrtkoʻl (32,8 ming gektar) tumanlaridagi jami 100 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish.

Loyiha hududi: Ellikqal’a, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlari.
Loyiha qiymati: 376,72 million AQSh dollari.
Shundan:
Jahon bankining kredit mablagʻlari — 214,9 million AQSh dollari;
Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 161,8 million AQSh dollari.
Loyihani amalga oshirish muddati: 2015–2021-yillar.

Loyiha natijasida:
- kanallarning foydali ish koeffitsiyenti 49 foizdan 60 foizgacha oshiriladi va yiliga 269 million m³ suv tejaladi;
- Beruniy nasos stansiyasi boshqaruvi balansidagi 3 ta yirik nasos stansiyasi — Doʻstlik (16,2 m³/s), Qilchinoq (26,4 m³/s) va Nayman-Beshtom (22 m³/s), shuningdek, Amudaryodan suv oluvchi 20 ta oʻrta va kichik nasos stansiyasining faoliyati toʻxtatiladi;
- bundan tashqari, SIU va fermer xoʻjaliklari balansidagi 400 dan ortiq nasos stansiyasi yopiladi. Natijada yiliga 6,9 million AQSh dollari miqdorida elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlari tejaladi.

2018-yilda 1,384 million AQSh dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi va uzunligi 10 km boʻlgan Pravoberezhniy kanalining 800 ming m³ qismi choʻkindi qatlamlardan tozalandi.

2019-yilda 20,16 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari oʻzlashtirildi va 3 ta shartnoma doirasida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Jumladan:

SKWRMIP/ICB/1-1/lot-1 — “Oʻngqirgʻoq magistral kanalini tiklash” shartnomasi boʻyicha yil davomida 2 699 m³ beton ishlari va 132 503 m³ tuproq ishlari bajarildi hamda 7 ta gidrotexnika inshooti qurildi.
SKWRMIP/ICB/1-2/lot-1 — “Boʻston kanalini rekonstruksiya qilish (sharqiy qismi)” shartnomasi boʻyicha yil davomida 21 272 m³ beton ishlari va 2 544 320 m³ tuproq ishlari bajarildi.
SKWRMIP/ICB/1-2/lot-2 — “Boʻston kanalini qayta qurish (gʻarbiy qismi)” shartnomasi boʻyicha yil davomida 13 675 m³ beton ishlari va 632 099 m³ tuproq ishlari bajarildi.

Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpogʻistonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi — SSBRM