Asosiy kontentga oʻtish

Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbogʻ-Oqqopchigʻay kanallari tizimini qayta tiklash)” loyihasi

Loyiha 103,4 ming gektar sugʻoriladigan maydonning suv ta’minotini yaxshilashni maqsad qilgan.

Amalda
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbogʻ-Oqqopchigʻay kanallari tizimini qayta tiklash)” loyihasi

Loyihaning asosiy maqsadi — 103,4 ming gektar sugʻoriladigan maydonning suv ta’minotini yaxshilash.

Loyiha hududi: Surxondaryo viloyati.
Loyiha qiymati: 122,72 million AQSh dollari.
Shundan:
Islom taraqqiyot banki krediti — 89,55 million AQSh dollari;
Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 33,17 million AQSh dollari.
Loyihani amalga oshirish muddati: 2015–2019-yillar.

Loyiha natijasida:
- Sherobod tumanidagi 38,5 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar oqar suv bilan ta’minlanadi;
- har biri 20 m³/sekund quvvatga ega boʻlgan 2 ta nasos agregatining faoliyati toʻxtatiladi. Natijada nasos stansiyalarining yillik ekspluatatsiya xarajatlaridan 50,0 ming AQSh dollari hamda elektr energiyasi xarajatlaridan 1 600,5 ming AQSh dollari tejaladi;
- Bandixon va Doʻstlik nasos stansiyalarining 2-koʻtarish bosqichi qurib bitkaziladi. Natijada har yili ekspluatatsiya xarajatlaridan 107,6 ming AQSh dollari va elektr energiyasi xarajatlaridan 1 324,5 ming AQSh dollari tejaladi;
- kanallarning foydali ish koeffitsiyenti 72 foizdan 92 foizgacha oshirilishi natijasida ularning ishonchli va xavfsiz ishlashi ta’minlanadi.

Loyiha doirasida barcha 6 ta qurilish paketi boʻyicha pudratchilar aniqlandi va ular bilan shartnomalar imzolandi.

2018-yilda 5,97 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari oʻzlashtirildi. 15,8 km uzunlikdagi kanallar rekonstruksiya qilindi, 654,7 ming m³ tuproq ishlari va 29,9 ming m³ beton ishlari yakunlandi.

2019-yilda 17,2 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari oʻzlashtirildi. 43,1 km uzunlikdagi kanallar rekonstruksiya qilindi, 28,5 km uzunlikdagi kanallarga beton qoplama yotqizildi, 69 ta gidrotexnika inshooti rekonstruksiya qilindi, 1 387,9 ming m³ yer ishlari va 58,47 ming m³ beton ishlari bajarildi.

Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbogʻ-Oqqopchigʻay kanallari tizimini qayta tiklash)” loyihasi — SSBRM