Asosiy kontentga oʻtish

“Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi

Loyihaning asosiy vazifalari milliy, havzaviy va fermer xoʻjaliklari darajasida suv resurslarini boshqarish boʻyicha institutsional va texnik salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, suv va boshqa tegishli resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha xabardorlikni oshirishdan iborat.

Amalda
“Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi

Loyihaning asosiy vazifalari milliy, havzaviy va fermer xoʻjaliklari darajasida suv resurslarini boshqarish boʻyicha institutsional va texnik salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, suv va boshqa tegishli resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha xabardorlikni oshirishdan iborat.

Loyiha Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilgan. Dastur Oʻzbekiston suv xoʻjaligi sohasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, oʻzaro bogʻliq uchta komponentni qamrab oladi:
1-komponent: “Suv resurslarini boshqarish milliy tizimi va suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish (SRIB)”.
2-komponent: “Suv resurslarini boshqarish boʻyicha texnik salohiyatni kuchaytirish”.
3-komponent: “Oʻzbekistonda suv va atrof-muhitni barqaror rivojlantirish boʻyicha xabardorlik va sheriklikni oshirish”.

1-komponent
Birinchi komponent Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Suvni boshqarish va suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish boʻyicha milliy asos konsepsiyasi” loyihasini qamrab oladi.

Loyihaning asosiy natijalari va yutuqlari:
1. Shahrixonsoy (Andijon viloyati) va Oqsuv (Qashqadaryo viloyati) daryo havzalari uchun boshqaruv rejalari ishlab chiqildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda havzaviy rejalashtirish metodologiyasini oʻz ichiga olgan qoʻllanma hamda ikki daryo havzasi boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlandi.
2. Strategik ekologik baholash (SEB) elementlari daryo havzalarini boshqarish jarayoniga joriy etildi. Mutaxassislar oʻqitildi va SEB elementlarini Oʻzbekistonda havzaviy rejalashtirishga joriy etish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.
3. Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi oltita irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hududida tanlangan namoyish maydonchalari uchun suv va energiya tejovchi texnologiyalarga boʻlgan ehtiyoj baholandi.
4. Ehtiyojlarni baholash natijalari asosida drenaj suvlarini boshqarish va meliorativ tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 18 ta yuk mashinasi, 6 ta ekskavator, 6 ta manipulyatorli yuk mashinasi, 6 ta beton aralashtirgich, 6 ta dizel generatori, 6 ta mini traktor va 6 ta koʻchma nasos stansiyasi taqdim etildi. Tajriba hududlarida 720 ta gidropost oʻrnatildi.
5. 60 gektardan ortiq tajriba maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni namoyish etish va tajriba almashish maqsadida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish kabi texnologiyalar joriy etilgan bogʻlar tashkil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi dasturning asosiy hamkori sifatida uch darajada suv ta’minoti va suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga jalb etildi:
Milliy darajada — suv resurslarini samarali boshqarishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, tegishli hujjatlar va ekspert tavsiyalarini ishlab chiqish;
Havza darajasida — suv resurslarini turli foydalanuvchilar va ehtiyojlar oʻrtasida taqsimlashga koʻmaklashuvchi daryo havzalarini boshqarish rejalarini ishlab chiqish;
Fermer xoʻjaliklari darajasida — suvdan samarali foydalanish boʻyicha salohiyatni oshirish, zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor qishloq xoʻjaligi usullarini joriy etish hamda iqtisodiy samarali boshqaruv usullarini namoyish etish.

2-komponent

“Suv resurslarini boshqarish boʻyicha texnik salohiyatni kuchaytirish” komponenti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Asosiy yoʻnalishlar:
1. Kadrlar tayyorlash uchun mas’ul milliy tashkilotlarning institutsional salohiyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
2. Havzaviy irrigatsiya tizimlari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda mahalliy hokimiyat organlarining suv resurslarini boshqarish va suvdan oqilona foydalanish boʻyicha salohiyatini oshirish. Suv ta’minoti xizmatlari sifatini oshirish imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida tegishli darajalarda bilim va maslahat xizmatlarini koʻrsatish markazlarini tashkil etish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshirish koʻzda tutilgan.
3. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi manfaatdor tomonlar uchun salohiyatni oshirishning yagona modeli va yondashuvini ishlab chiqish. Suv xoʻjaligi mutaxassislari va suvdan foydalanuvchilar uchun oʻquv modullarini yaratish va joriy etish.
4. Yevropa Ittifoqi institutlari va mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirish. Magistratura uchun stipendiya dasturlari hamda suv xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor Yevropa tajribasini oʻrganishga qaratilgan oʻquv safarlarini tashkil etish.
5. Mahalliy hamjamiyatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik holatini baholash, ularni rivojlantirish boʻyicha pilot rejalarni ishlab chiqish hamda suvni rejalashtirish, undan foydalanish va tejashning ilgʻor usullari boʻyicha trening va seminarlar tashkil etish.
Shuningdek, mahalliy darajada suv va energiyadan samarali foydalanish usullarini amaliy namoyish etish koʻzda tutilgan. Ushbu faoliyat natijasida uy xoʻjaliklari va dehqon xoʻjaliklarini barqaror suv bilan ta’minlashga qaratilgan mahalliy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish belgilangan.

3-komponent

“Oʻzbekistonda suv va atrof-muhitni barqaror rivojlantirish boʻyicha xabardorlik va sheriklikni oshirish” komponentining ijrochisi — CAREC.

“Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi — SSBRM