Loyihaning asosiy maqsadi — Qashqadaryo viloyatidagi 392 ming gektar hamda Turkmanistondagi 10 ming gektar, jami 402 ming gektar maydonning suv ta’minotini yaxshilash.
Loyiha hududi: Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati.
Loyihaning umumiy qiymati: 105,3 million AQSH dollari.
Moliyalashtirish manbalari:
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) — 43,2 million AQSH dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (OʻzTTJ) — 40 million AQSH dollari;
Davlat budjeti — 22,1 million AQSH dollari.
Loyihani amalga oshirish natijasida:
- yiliga 90,645 million kVt·soat elektr energiyasini tejash;
- davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni yiliga 1,33 million AQSH dollariga kamaytirish;
- qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun 11,5 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha iqtisodiy samara olish imkoniyatini yaratish;
- davlat budjetiga soliqlar va boshqa toʻlovlar hisobidan 2,7 million AQSH dollari tushum ta’minlash koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-noyabrdagi PQ–4514-son qarori asosida “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital qayta tiklash (3-bosqich)” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangan.
2019-yil 6-dekabrda ommaviy axborot vositalari va internet saytlarida loyiha boʻyicha konsalting kompaniyasini tanlash, shuningdek, nasos-kuchlanish uskunalarini loyihalash, yetkazib berish va shef-montaj qilish boʻyicha xalqaro tender savdolari e’lon qilingan.