Asosiy kontentga oʻtish

“Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi”

Loyihaning maqsadi: Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida suv resurslarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha Master-rejani ishlab chiqish hamda suv resurslarini boshqarish boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Amalda
“Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi”

Loyihaning maqsadi: Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida suv resurslarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha Master-rejani ishlab chiqish hamda suv resurslarini boshqarish boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Loyihani amalga oshirish hududi: Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi.
Loyiha qiymati: 7,0 million AQSH dollari.
Moliyalashtirish: Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablagʻlari.
Amalga oshirish muddati: 2016–2020-yillar.
Ijro etuvchi tashkilotlar: Koreyaning KRC, GEO C&I Co. Ltd va Fivetek kompaniyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi.

Loyihaning asosiy yoʻnalishlari
1. AKT asosida suv monitoringi tizimini rivojlantirish boʻyicha Master-rejani ishlab chiqish
- Oʻzbekistondagi mavjud suv xoʻjaligi tizimlarini tahlil qilish;
- suv resurslarini boshqarish modeli va ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish;
- suv resurslarini monitoring qilish va boshqarish tizimini ishlab chiqish.
2. Pilot loyiha
- AKT asosida suv monitoringi tizimi va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini joriy etish.

Suv resurslarini boshqarish tizimini rivojlantirish:
- suv resurslarini monitoring qilish va boshqarish tizimini yaratish;
- ma’lumotlarni yigʻish, monitoring qilish va tahlil etish dasturini ishlab chiqish;
- Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (ITHB), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari (ITB), mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tegishli tashkilotlar uchun ma’lumotlarni boshqarish hamda tahlil qilish dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.

Monitoring qurilmalarini oʻrnatish:
- suv resurslari monitoringi nuqtalarini oʻrganish;
- 61 ta nuqtada suv resurslarini monitoring qilish qurilmalarini oʻrnatish, jumladan:
- respublika boʻyicha asosiy kanallar va suv omborlarida — 42 ta nuqta;
- Zarafshon daryosi havzasi sugʻorish tizimida — 19 ta nuqta;
- monitoring qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni kalibrlash;
- Suv xoʻjaligi vazirligining suv boshqaruvi dispetcherlik markazini AKT asosidagi monitoring uchun modernizatsiya qilish;
suv boshqaruvi tizimi uchun server va boshqa uskunalarni oʻrnatish va sozlash.
3. Malaka oshirish dasturi
- Oʻzbekiston va Koreyada suv xoʻjaligi mutaxassislari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish;
- AKT asosidagi suv monitoringi va axborot tizimlari boʻyicha oʻzbekistonlik davlat xizmatchilari, muhandislar va suv xoʻjaligi mutaxassislari uchun 5 ta oʻquv dasturini amalga oshirish;
- loyiha yakunlangandan keyin ham suv monitoringi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston va Koreya tomonlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.

Kutilayotgan natijalar
- AKT asosida suv monitoringi tizimini rivojlantirish boʻyicha Master-reja ishlab chiqish;
- 61 ta nuqtada suv monitoringi tizimini oʻrnatish;
- Suv xoʻjaligi vazirligining dispetcherlik markazini 6 ta monitorli koʻp ekranli tizim hamda ma’lumotlarni yigʻish va saqlash serveri bilan jihozlash;
- asosiy suv omborlari, kanallar, nasos stansiyalari va boshqa obyektlarda suv resurslarini onlayn monitoring qilish tizimini yaratish;
- Oʻzbekiston suv xoʻjaligining yagona axborot bazasini yaratish;
- suv resurslarini boshqarish boʻyicha qarorlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish.

Erishilgan natijalar

Loyiha doirasida koreyalik mutaxassislar tomonidan 61 ta suv xoʻjaligi obyektida suv resurslarini onlayn monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi “Aqlli suv” qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek, 15 ta suv xoʻjaligi obyektida havo harorati, yogʻingarchilik miqdori va boshqa meteorologik koʻrsatkichlarni onlayn kuzatuvchi qurilmalar hamda obyektlardagi vaziyatni vizual nazorat qilish imkonini beruvchi kuzatuv kameralari oʻrnatildi.

Vazirlikning dispetcherlik xizmatida “Aqlli suv” qurilmalaridan kelayotgan ma’lumotlarni umumlashtirish va saqlash uchun serverlar, yordamchi uskunalar va monitoring tizimlari oʻrnatildi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tahlil qilish, suv xoʻjaligi obyektlaridagi koʻrsatkichlarni onlayn rejimda avtomatik kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimi yaratildi.

COVID-19 pandemiyasi davrida “Aqlli suv” qurilmalari va yaratilgan axborot tizimi sinov rejimida ishlagan. Tizimni toʻliq ishga tushirish ishlari pandemiya sharoiti yaxshilangach koreyalik mutaxassislar ishtirokida yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, KRC tomonidan respublikaning barcha suv xoʻjaligi obyektlariga zamonaviy AKTni keng joriy etish boʻyicha Master-reja ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan. U suv resurslarini hisobga olish va monitoring qilishni zamonaviy AKT asosida rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlarni qamrab oladi.

“Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi” — SSBRM