Asosiy kontentga oʻtish

Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi (I faza)

Loyihaning umumiy maqsadi — suv bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va ularga tayyorgarlikni hisobga olgan holda suv resurslarini kompleks, shaffof va ehtiyojlarga asoslangan tarzda boshqarishni rivojlantirish.

Amalda
Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi (I faza)

Loyiha suv xoʻjaligi sohasidagi davlat boshqaruvini mahalliy va markaziy darajalarda kuchaytirish, mamlakatda suv xoʻjaligiga oid ma’lumotlarni boshqarishni takomillashtirish, suv sohasining strategik va qonunchilik bazasini rivojlantirish hamda suv bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan.

Loyiha hududi: Oʻzbekiston.
Tashabbuskor: Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC).
Amalga oshirish muddati: 2016–2018-yillar.
Moliyalashtirish: Shveysariya Konfederatsiyasi hukumatining grant mablagʻlari.
Loyiha qiymati: 2,66 million AQSH dollari.
Ijrochilar: Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC), Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi.

Loyihaning umumiy maqsadi — suv bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va ularga tayyorgarlikni hisobga olgan holda suv resurslarini kompleks, shaffof va ehtiyojlarga asoslangan tarzda boshqarishni rivojlantirish.

Loyiha toʻrtta asosiy komponentdan iborat:
1-komponent — Suv resurslarini boshqarish strategiyasi va suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish.
2-komponent — Institutsional salohiyatni oshirish.
3-komponent — Suv resurslarini boshqarish boʻyicha axborot tizimini rivojlantirish.
4-komponent — Shohimardonsoy havzasida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish.

Loyihani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari:
- suv sohasi uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- Axborot-tahlil va resurs markazini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- suv xoʻjaligi tashkilotlarining institutsional salohiyatini oshirish;
- fermer-dala maktablarini tashkil etish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanishga koʻmaklashish;
- suv boshqaruvining barcha darajalarida suv xoʻjaligi tashkilotlari samaradorligini oshirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etishni qoʻllab-quvvatlash;
- Shohimardonsoy havzasida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Loyiha AKTni joriy etish, suv xoʻjaligi tashkilotlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tuman irrigatsiya boʻlimlari, suvdan foydalanuvchilar va fermerlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, ma’lumotlarni yigʻish va real vaqt rejimida almashish imkoniyatlarini rivojlantirishga asoslangan.

Loyiha Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining Orol dengizi havzasida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha agentligi tomonidan tegishli davlat tashkilotlari, jumladan, suv xoʻjaligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi vakolatli organlar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan.

Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi (I faza) — SSBRM