Asosiy kontentga oʻtish

Yangilik

EKSPERTLAR KENGASHINING II-YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Muloqotda yerlarning shoʻrlanishini boshqarish, suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirish va iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalari hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

EKSPERTLAR KENGASHINING II-YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

2026-yil 16-oktabr kuni Toshkent shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan “Iqlim oʻzgarishi sharoitida suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirish hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha istiqbolli yondashuvlar” mavzusida Ekspertlar kengashining II-yigʻilishi tashkil etildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev, Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi direktori Jaloliddin Usmanov, shuningdek “Green University” huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning huzuridagi Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, TIQXMMI MTU hamda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ishtirok etib, mamlakatimizning suv va yer resurslarini muhofaza qilish boʻyicha yangi strategik yondashuvlar yuzasidan oʻz fikr va takliflarini bildirdilar.

Muloqot doirasida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi yerlarining shoʻrlanishini boshqarish, suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirish va iqlim oʻzgarishi sharoitid
a sohani rivojlantirishning ilmiy-amaliy masalalari, shu jumladan mavjud muammolar va ularning real yechimlari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida Ekspertlar kengashining II-yigʻilishi xulosalari sarhisob qilindi va navbatdagi yigʻilishning ustuvor mavzusi belgilab olindi.

E'lon qilingan: