Yangilik
SUV XOʻJALIGIDA FIDOYI AYOLLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida 12 ming nafardan ziyod fermer ayol mehnat qilib, agrar soha rivojiga hissa qoʻshmoqda.

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Suv xoʻjaligi sohasining ayoli – 2026: Kasbim – faxrim” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Marosimda Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Хamrayev soʻzga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda suv xoʻjaligi sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning oʻrni va hissasiga alohida e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda vazirlik tizimida qariyb 2 200 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida 12 ming nafardan ziyod fermer ayol mehnat qilib, agrar soha rivojiga hissa qoʻshmoqda.
Joriy yil iyun oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistonning qishloq hududlarida 8,6 million nafardan ortiq xotin-qiz istiqomat qiladi.
Bu yilgi Xalqaro qishloq ayollari kuni tabiatni asrashga hissa qoʻshayotgan fermer ayollar faoliyatiga bagʻishlangan. Zero, suv resurslarini oqilona boshqarish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ularning mehnati muhim ahamiyat kasb etadi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
EL-NINO TA’SIRIDA TINÇ OKEANI SUVI RANGI ÖZGARMOQDA
El-Nino Tinç okeani ekvatorial qismida suv haroratining kötarilişi va okean hamda atmosfera sirkulyatsiyasining özgarişi bilan keçadi.

Yangilik
SUV OMBORLARI XAVFSIZLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORALARI BELGILANDI
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 56 ta suv omborining faqat toʻrttasida professional qutqaruv xizmati tashkil etilgan.

Yangilik
21-OKTABR – OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI
1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
