Skip to main content

News

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI

Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash va ekologik monitoring sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rgandi.

Delegatsiya Xelsinki shahridagi "Viikinmäki" zamonaviy oqova suvlarini tozalash majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Finlyandiya va Shimoliy Yevropadagi eng yirik mazkur inshootda oqova suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik usullarda tozalash, jarayonlarni raqamli monitoring qilish hamda hosil bo‘lgan biogazdan energiya ishlab chiqarish tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, Finlyandiya atrof-muhit instituti (Syke), Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK), Aalto universiteti, shuningdek, Fluidit, Solar Water Solutions, Vaisala va Kemira kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotlarda suv resurslarini barqaror boshqarish, yerosti suvlarini o‘rganish va muhofaza qilish, oqova suvlarni tozalash, raqamli monitoring va sun’iy intellektdan foydalanish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Published: