News
O‘ZBEKISTON VA BAA SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
Uchrashuvda suv-energetika samaradorligi, innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirining energetika va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha yordamchisi, “Masdar City” direktorlar kengashi raisi Abdulla Balalaa bilan uchrashdi.
Uchrashuvda suv, energetika va barqaror rivojlanish masalalarining o‘zaro bog‘liqligi, sohaga innovatsion texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda suv tanqisligiga qarshi samarali yechimlarni keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
BAA va Senegal hamraisligida 2026-yil 8–10-dekabr kunlari Abu-Dabida o‘tkaziladigan BMTning Suv konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, global suv tanqisligiga qarshi innovatsion va texnologik yechimlarni jadallashtirishga qaratilgan Muhammad bin Zayd suv tashabbusi bilan hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar suv va energiya samaradorligini oshirish, qurg‘oqchil hududlarga mos texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy yechimlarni sinovdan o‘tkazish va keng tatbiq etish bo‘yicha katta hamkorlik salohiyati mavjudligini ta’kidladi.
BAA vakillari joriy yil kuzida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Suvni tejash bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilindi.
Published:
Related material

News
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI
Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

News
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

News
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
