Asosiy kontentga oʻtish

Qoʻshma tadbirlar

Xalqaro tashkilotlar va rivojlanish sheriklari bilan birgalikdagi tadbirlar.

Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi (II bosqich)

Loyihaning umumiy maqsadi

Oʻzbekistonda suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish orqali qishloq aholisining turmush darajasini oshirish. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng katta sugʻoriladigan maydonga va eng koʻp sonli aholiga ega boʻlib, suv taʼminoti jihatidan eng imkoniyati cheklangani hisoblanadi. Umumiy suv resurslarining 20% ga yaqini mamlakat ichkarisida shakllanadi holos. Suv Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi uchun eng hayotiy zarur va asosiy manbalardan biri hisoblanadi, chunki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 98% sugʻoriladigan yerlarda yetishtiriladi. Аholi sonining koʻpayishi, suvga boʻlgan talabning oshishi va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq suv resurslari tanqisligining tobora ortib borayotgani Oʻzbekiston rivojiga toʻsiq boʻluvchi omillardan biri hisoblanadi. Suv tanqisligi masalasini hal qilish va mavjud suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida yangi hukumat qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida islohotlarni amalga oshirishni boshladi. Bundan tashqari, yaqinda hukumat tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qoʻllanishiga koʻmaklashish maqsadida bir qator subsidiyalarni joriy qildi. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (SRIB) yondashuvini targʻib qilish Oʻrta Osiyoning suv xoʻjaligi sohasida ShTHАning ishtiroki uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda. Loyihaning Oʻzbekistondagi faoliyat strategiyasi suv sektorida olib borilayotgan joriy islohotlarni qoʻhllab-quvvatlab, Oʻzbekiston hukumati va suv xoʻjaligidagi yirik manfaatdor tomonlar bilan bilim va ilgʻor tajribalarni bevosita almashish yoʻli orqali milliy siyosat darajasida Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (SRIB) tamoyillarini joriy etishga imkoniyat yaratadi.

Loyiha Shveytsariyaning 2017-2021 yillarda Oʻrta Osiyo uchun mintaqasi uchun moʻljallangan strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, quyidagi ikkita yakuniy natijaga erishishni koʻzda tutadi:

1-yakuniy natija: Suv xoʻjaligi vazirligi SRIB tamoyillariga asoslangan keng qamrovli strategik-meʼyoriy bazani joriy etadi.

2-yakuniy natija: Fermerlar va suv xoʻjaligi tashkilotlari suvdan samarali va barqaror foydalanadilar. Shunga muvofiq, II Bosqichni amalga oshirishda quyidagi tegishli oraliq natijalarga erishish koʻzda tutilgan:

  • SRIB tamoyillariga asoslangan strategik va qonunchilik bazasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
  • АTRM ga SRIB tamoyillariga asoslangan meʼyoriy-huquqiy bazani amalga oshirish uchun harakatlantiruvchi kuch sifatida qatnashish huquqi beriladi. • Integratsiyalashgan milliy suv xoʻjaligi axborot-boshqaruv tizimi joriy qilinadi.
  • TIBlar davlat qoʻllab-quvvatlash tizimini hamda suv isteʼmolchilarini oʻzaro bogʻlab turuvchi kuch hisoblanadi.
  • SRIBni joriy qilish uchun asosiy vosita sifatida suvdan foydalanish rejasini tuzish tizimi yaratiladi va Milliy suv xoʻjaligi axborot-boshqaruv tizimiga birlashtiriladi.
  • Kollektor-drenaj maʼlumot tizimi Milliy suv xoʻjaligi axborot-boshqaruv tizimining bir qismi sanaladi.
  • Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha suv xoʻjaligi tashkilotlari va fermerlarga mahalliy miqyosda texnik imkoniyatlari yaratiladi.
  • Fermerlar suv resurslarining samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun Suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishadi. Loyiha suv resurslarining barcha isteʼmolchilar oʻrtasida adolatli taqsimlanishini taʼminlovchi SRIBga asoslangan strategik meʼyoriy bazani ishlab chiqish orqali suv xoʻjaligi sohsidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu Suv xoʻjaligi vazirligiga suv resurslarini samarali boshqarish imkonini berib, suvning unumdorligini oshirish hamda qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi. Loyiha axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini Suv xoʻjaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Tuman irrigatsiya boʻlimlari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda fermerlarning kundalik faoliyatiga joriy etish orqali, ularga kerakli bilimlarni olish, maʼlumot yigʻish va real vaqt rejimida axborot almashish uchun qulay sharoitlar yaratishga asoslangan. Loyihaning bevosita hamkorlari Suv xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi Аxborot-tahlil va resurs markazi hisoblanadi. Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining Orol dengizi havzasi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va GEF agentligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan yaqindan hamkorlik olib borib, II Bosqichni amalga oshiradi.

Matbuot toʻplami (.pdf)

Xalqaro konferensiyalar va seminarlar

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC), Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (ADB), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), GIZ va boshqa hamkorlar bilan birgalikda muntazam ravishda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, texnik seminarlar hamda soha mutaxassislari uchun oʻquv treninglarini tashkil etadi.