Yangilik
DAVLATLAR REYTINGI: CHUCHUK SUVNING ENG YIRIK ISTE’MOLCHILARI
Hindistonda yillik chuchuk suv olish hajmi taxminan 761 milliard kub metrni tashkil etadi.

Hindiston tabiiy manbalardan chuchuk suv olish hajmi boʻyicha yiliga qariyb 761 milliard kub metr koʻrsatkich bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda. Bu haqida BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning AQUASTAT bazasi hamda Jahon banki ma’lumotlari asosida tayyorlangan materialda ma’lum qilindi.
Hindistonda yillik chuchuk suv olish hajmi taxminan 761 milliard kub metrni tashkil etadi (688 milliard kub metri qishloq xoʻjaligida foydalaniladi). Keyingi oʻrinlarni Xitoy (581 milliard kub metr) va AQSH (444 milliard kub metr) egallagan. Toʻrtinchi pogʻonadan 223 milliard kub metr koʻrsatkich bilan Indoneziya joy olgan boʻlsa, beshinchi oʻrinni Pokiston (183 milliard kub metr) band etgan.
Bu raqamlar chuchuk suvdan foydalanish xususiyati boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida sezilarli farqlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan, Hindistonda jami olinadigan suv hajmining 90,4 foizi qishloq xoʻjaligi hissasiga toʻgʻri keladi. Pokistonda ushbu koʻrsatkich 94,3 foizni, Eronda 92,2 foizni, Indoneziyada esa 92,1 foizni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligining ulushi eng yuqori mamlakat Vetnam boʻlib (94,8 foiz), mamlakatning jami yillik suv olish hajmi qariyb 82 mlrd kub metrga teng.
AQUASTAT tasnifiga koʻra, qishloq xoʻjaligi uchun suv olish ekinlarni sugʻorish va chorvachilikda foydalanish uchun daryo, koʻl va yer osti suvlaridan suv olishdir. Bunda olingan suvning barchasi sarflanib ketmaydi, uning bir qismi tabiiy muhitga qaytadi.
AQSHda esa chuchuk suvdan foydalanish tuzilmasi butunlay boshqacha koʻrinishga ega. Mamlakatda olinadigan chuchuk suvning 45,3 foizi sanoat, 39,7 foizi qishloq xoʻjaligi va 15 foizi maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Xitoyda qishloq xoʻjaligining ulushi 62,1 foiz, sanoatniki 20,1 foiz, maishiy sektorniki esa 17,8 foizni tashkil etadi.
Taqqoslangan davlatlar orasida maishiy ehtiyojlarga ajratiladigan suv ulushi Yaponiyada (18,9 foiz) eng yuqori. Shunga qaramay, bu mamlakatda ham suvning 68 foizi qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
XIVANING MASHHUR SHAHAR QIYOFASI OSTIDAGI SUV INFRATUZILMASI
Tegizaminlar gulbidav deb ataluvchi yerosti suv oʻtkazgichlari va adan kabi drenaj unsurlari bilan birgalikda yomgʻir hamda ortiqcha suvni yigʻish va yoʻnaltirishga xizmat qilgan.

Yangilik
16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHOʻR SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA
Shoʻrsizlantirish – dengiz va boshqa shoʻr suv manbalaridan tuzlarni ajratib, aholi, shaharlar va sanoat uchun chuchuk suv olish jarayonidir.

Yangilik
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI
Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
