Yangilik
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI
Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qilishicha, Piskom daryosi havzasidagi Oʻrta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. havola matni
Tajriba doirasida muzlik yuzasining 100 m² maydoni maxsus geotekstil material bilan qoplandi.
Ilmiy taqqoslash uchun qoplangan maydon bilan bir qatorda ochiq, qoplanmagan nazorat maydoni ham tashkil etildi.
Dastlabki natijalarga koʻra, geotekstil bilan qoplangan maydonda ochiq muzlik yuzasiga nisbatan erish jarayoni taxminan 40 foizga kamaygan.
Mazkur natija geotekstil qoplama quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish orqali muzlik yuzasidagi ablyatsiya jarayonini susaytirish imkoniyatiga ega ekanini koʻrsatmoqda.
Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
XIVANING MASHHUR SHAHAR QIYOFASI OSTIDAGI SUV INFRATUZILMASI
Tegizaminlar gulbidav deb ataluvchi yerosti suv oʻtkazgichlari va adan kabi drenaj unsurlari bilan birgalikda yomgʻir hamda ortiqcha suvni yigʻish va yoʻnaltirishga xizmat qilgan.

Yangilik
DAVLATLAR REYTINGI: CHUCHUK SUVNING ENG YIRIK ISTE’MOLCHILARI
Hindistonda yillik chuchuk suv olish hajmi taxminan 761 milliard kub metrni tashkil etadi.

Yangilik
16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHOʻR SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA
Shoʻrsizlantirish – dengiz va boshqa shoʻr suv manbalaridan tuzlarni ajratib, aholi, shaharlar va sanoat uchun chuchuk suv olish jarayonidir.
