Yangilik
XIVANING MASHHUR SHAHAR QIYOFASI OSTIDAGI SUV INFRATUZILMASI
Tegizaminlar gulbidav deb ataluvchi yerosti suv oʻtkazgichlari va adan kabi drenaj unsurlari bilan birgalikda yomgʻir hamda ortiqcha suvni yigʻish va yoʻnaltirishga xizmat qilgan.

Markaziy Osiyoning tarixiy shaharlari deganda koʻz oldimizga avvalo masjidlar, madrasalar va saroylar keladi. Biroq Xiva oʻzining noyob yerosti suv infratuzilmasi bilan ham e’tiborga loyiq. Asrlar davomida shahar aholisi qurgʻoqchil iqlim sharoitida suv ta’minoti va sanitariya ehtiyojlarini ta’minlash uchun quduqlar, sardobalar va sugʻorish kanallaridan foydalangan.
Xiva YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, uning mashhur me’moriy obidalari ostida yana bir muhim meros — “tegizamin” deb ataluvchi yerosti suv inshootlari tizimi mavjud.
Tegizaminlar gulbidav deb ataluvchi yerosti suv oʻtkazgichlari va adan kabi drenaj unsurlari bilan birgalikda yomgʻir hamda ortiqcha suvni yigʻish va yoʻnaltirishga xizmat qilgan. Ochiq ariqlar esa ortiqcha suvni turar joy hududlaridan tashqariga olib chiqqan.
Tegizaminlarning ayrim turlari, shuningdek, sardoba sifatida jamoat hovlilarida ichimlik suvini saqlash uchun foydalanilgan. Suvning bugʻlanishi va ifloslanishini kamaytirish maqsadida ular gumbaz bilan yopilgan. Gumbazlarda shamollatish va tozalash hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun maxsus kirish joylari ham boʻlgan.
Bu tizim Xiva me’morlarining mahalliy materiallar va tabiiy jarayonlardan foydalangan holda qurgʻoqchil iqlimga moslashgan suv infratuzilmasini yaratganini koʻrsatadi.
Manba: Azizova B. Tegizamin: The Invisible Engineering of Ichan-kala, Khiva // Journal of Traditional Building Architecture and Urbanism. – 2025.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
DAVLATLAR REYTINGI: CHUCHUK SUVNING ENG YIRIK ISTE’MOLCHILARI
Hindistonda yillik chuchuk suv olish hajmi taxminan 761 milliard kub metrni tashkil etadi.

Yangilik
16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHOʻR SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA
Shoʻrsizlantirish – dengiz va boshqa shoʻr suv manbalaridan tuzlarni ajratib, aholi, shaharlar va sanoat uchun chuchuk suv olish jarayonidir.

Yangilik
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI
Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
