Asosiy kontentga oʻtish

Xalqaro hamkorlik

SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BOʻYICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI OʻRGANILDI

Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BOʻYICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI OʻRGANILDI

Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, mamlakatning suv masalalari boʻyicha maxsus vakili Antti Rautavaara hamda Finlyandiya Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, suv xavfsizligini mustahkamlash, iqlim oʻzgarishiga moslashish, ekologik monitoringni rivojlantirish hamda Finlyandiyaning ilgʻor boshqaruv tajribasini Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar suv va ekologiya yoʻnalishlarida ekspertlar almashinuvini rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

E'lon qilingan: