Xalqaro hamkorlik
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI OʻRTASIDA HAMKORLIK YOʻLGA QOʻYILADI
Hujjat Oʻzbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilgʻor tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Xelsinki shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Finlyandiya suv forumi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat Oʻzbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilgʻor tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida suv ta’minoti sohasini raqamlashtirish, zamonaviy fin yechimlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va texnik bilimlar almashinuvini rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Tomonlar texnologiya va bilimlar almashinuviga oid kompleks loyiha tayyorlash, uni amalga oshirishga qaratilgan yoʻl xaritasini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib oldilar.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Xalqaro hamkorlik
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BOʻYICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI OʻRGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro hamkorlik
OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilgʻor fin ilmiy va texnologik yechimlarni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Xalqaro hamkorlik
OʻZBEKISTON VA BAA SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
Uchrashuvda suv-energetika samaradorligi, innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
