Yangilik
SUV XÖJALIGI SOHASIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLAŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Texnik işçi guruhi yiğilişi yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan asosiy xulosalar şakllantirilib, kelgusi hamkorlik yönalişlari va amaliy qadamlar belgilab olinadi.

2026-yil 10-noyabr kuni Suv sohasida barqaror rivojlaniş markazida “Suv xöjaligi sohasida gender masalalarini integratsiya qiliş böyiça hamkor rivojlaniş taşkilotlarining Texnik işçi guruhi yiğilişi” bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligi va uning tizim taşkilotlari, gender konsepsiyasini amalga oşirişda iştirok etuvçi vazirlik va idoralar, oliy va professional ta’lim muassasalari, xalqaro taraqqiyot hamkorlari hamda tanlov iştirokçilari vakillari qatnaşdi.
Yiğilişni Suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Zokir Işpölatov oçib berdi. Tadbir davomida suv xöjaligi sohasida gender tengligi tamoyillarini ilgari suriş, sohaviy strategiya va dasturlarga gender yondaşuvlarini integratsiya qiliş, şuningdek, ayollarning suv resurslarini boşqariş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, 2027–2050-yillarga möljallangan Suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş milliy konsepsiyasiga gender tengligi tamoyillarini integratsiya qiliş, şuningdek, Özbekistonda içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini yaxşilaşning 2030-yilgaça möljallangan strategiyasida gender jihatlarini inobatga oliş böyiça taqdimotlar ötkazildi.
Şuningdek, yiğilişda suv xöjaligi sohasida gender tengligi tamoyillarini joriy etiş, Zarafşon daryosi havzasi ayollari forumini taşkil etiş, Suv xöjaligi sohasida 2028–2030-yillarga möljallangan harakatlar rejasini işlab çiqiş, “Women’s Water Week – 2027” tadbirini taşkil etiş, “Blue Peace Central Asia” loyihasi doirasida gender tengligi tamoyillarini integratsiya qiliş masalalari körib çiqildi.
Texnik işçi guruhi yiğilişi yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan asosiy xulosalar şakllantirilib, kelgusi hamkorlik yönalişlari va amaliy qadamlar belgilab olinadi.
Suv xöjaligida gender tengligi – bu faqat ayollarni qöllab-quvvatlaş emas. Bu suv resurslarini boşqarişda barçaning salohiyatidan foydalaniş, qarorlarni yanada samarali qabul qiliş va barqaror kelajakni ta’minlaş demakdir. Şu nuqtayi nazardan, Texnik işçi guruhi yiğilişi suv sohasida gender tengligini ta’minlaş böyiça taşabbuslarni birlaştiriş va ularni amaliy harakatlarga aylantiriş uçun muhim maydon hisoblanadi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
YER OSTI SUVLARINING KAMAYIŞI YERNING AYLANIŞ QUTBIGA HAM TA’SIR KÖRSATMOQDA
Yangi usulda atmosferadan keladigan namlik miqdori va daryo havzalarining suv balansi ham hisobga olindi.

Yangilik
DUNYO KÖLLARI ÖRTASIDAGI EKOLOGIK BOĞLIQLIK KUÇAYMOQDA
Natijalar 2000-yildan boşlab köllardagi ekologik jarayonlar sinxronligi sezilarli darajada kuçayganini körsatdi.

Yangilik
ÖZBEKISTONDA SUV DIPLOMATIYASI VA ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Timur Butunbayev Aşok Svayn bilan uçraşdi.
