Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Yangilik

SUV YERDA QANDAY PAYDO BÖLGAN?

AQŞning Nyu-Meksiko universiteti olimlari ötkazgan tajribalarga köra, suv toğ jinslari tarkibidagi kislorod va vodorod örtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bölişi mumkin.

SUV YERDA QANDAY PAYDO BÖLGAN?

Sayyoramizdagi suvning kelib çiqişi haqidagi savol olimlarni hanuz qiziqtirib keladi. Yangi ilmiy tadqiqot esa bu borada kutilmagan ehtimolni ilgari surmoqda: Yerdagi suvning bir qismi sayyoraning özi şakllanayotgan davrda paydo bölgan bölişi mumkin.

AQŞning Nyu-Meksiko universiteti olimlari ötkazgan tajribalarga köra, suv toğ jinslari tarkibidagi kislorod va vodorod örtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bölişi mumkin.

Tadqiqot davomida temir saqlovçi silikat jinslar vodorod iştirokida yuqori haroratda qizdirilgan. Natijada suv buği hosil bölgani kuzatilgan.

Olimlar fikriça, Yer şakllanayotgan ilk davrlarda vodorodga boy atmosferadan ötayotgan mayda toş zarralari şunday reaksiyaga kirişgan bölişi mumkin. Bu jarayon sayyorada suv zaxiralari şakllanişiga hissa qöşgan bölişi ehtimoldan xoli emas.

Qiziği şundaki, uşbu mexanizm boşqa toşli sayyoralarda ham suv paydo bölişi mumkinligini körsatadi. Bu esa koinotda hayot izlaş böyiça tadqiqotlar uçun yangi imkoniyatlarni oçadi.

Biroq olimlar bu hozirça suvning kelib çiqişini tuşuntiruvçi ehtimoliy mexanizmlardan biri ekanini ta’kidlamoqda. Yerdagi suvning qança qismi aynan şu yöl bilan paydo bölganini aniqlaş uçun qöşimça tadqiqotlar zarur.

E'lon qilingan: