Asosiy kontentga oʻtish

Suv ensiklopediyasi

TEGIRMON: SUV KUCHIDAN FOYDALANGAN QADIMIY TEXNOLOGIYA

Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma kabi qismlardan iborat.

TEGIRMON: SUV KUCHIDAN FOYDALANGAN QADIMIY TEXNOLOGIYA

Qadimda Oʻrta Osiyoda ulov qoʻshib ishlatiladigan tegirmon va qoʻl tegirmonlaridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol tegirmonlari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston hududida shamol tegirmoni yoʻq. Hududda donni unga aylantirish uchun suv tegirmonlaridan keng foydalanilgan.

Suv tegirmoni qanday ishlagan?

Suv tegirmonida suv asosiy harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma kabi qismlardan iborat.

Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yogʻoch esa kosani tebratadi. Doʻladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga toʻplaydi. Xomma unga toʻlganda tegirmonchi tegirmonni toʻxtatib, unni boʻshatib oladi.

Shu tariqa, suv tegirmonida suv oqimining energiyasi mexanik harakatga aylantirilib, inson mehnati yengillashtirilgan. Bugungi kunda ham ayrim hududlarda an’anaviy suv tegirmonlarining namunalari saqlanib qolgan.

Manba: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

E'lon qilingan: