Suv ensiklopediyasi
TUMAN – HAVODAGI MAYDA SUV TOMCHILARI
Tuman yerga yaqin havo sovib, undagi suv bugʻi mayda suv tomchilariga yoki muz kristallariga aylanganda hosil boʻladi.

Bulutlar dengiz sathidan taxminan 19 km balandlikkacha boʻlgan turli qatlamlarda, hatto yer yuzasiga yaqin joyda ham hosil boʻlishi mumkin. Tuman esa yer yuzasiga tegib turadigan bulutdir. Tuman yerga yaqin havo sovib, undagi suv bugʻi mayda suv tomchilariga yoki muz kristallariga aylanganda hosil boʻladi.
Muzli tuman
Havo juda sovuq boʻlganda, tuman tarkibida muz kristallari paydo boʻlishi mumkin. Bunday tuman Alyaska va Kanadaning ayrim hududlarida uchraydi.
Ba’zan havodagi suv tomchilari 0 °C dan past haroratda ham suyuq holatda saqlanadi. Bunday oʻta sovigan tomchilar sovuq yoʻl yuzasiga tekkanda tez muzlab, xavfli muz qatlamini hosil qilishi mumkin.
Oʻta quyuq tuman – koʻrish masofasini keskin kamaytiruvchi hodisa.
Oʻrmon yongʻinlaridan chiqqan tutun va namlik birlashganda oʻta quyuq tuman hosil boʻlishi mumkin. Tutun zarrachalari suv bugʻining kondensatsiyalanishiga yordam beradi. Bunday tuman yoʻllarda harakatlanishni xavfli qiladi.
Tuman kosmosdan qanday kuzatiladi?
Meteorologik sun’iy yoʻldoshlar tuman va bulutlarni kuzatish, ularning joylashuvi hamda tarqalishini aniqlashda yordam beradi. Kunduzi koʻrinadigan yorugʻlik tasvirlari, kechasi esa infraqizil ma’lumotlar va maxsus rangli tasvirlardan foydalaniladi.
Tuman kuzatuvida turli mamlakatlarning sun’iy yoʻldosh tizimlari qoʻllanadi:
Yaponiya – Himawari-8/9
Xitoy – Fengyun
Yevropa – Meteosat
AQSh – NOAA meteorologik sun’iy yoʻldoshlari
Ushbu tizimlar atmosfera hodisalarini kuzatish va ob-havoni tahlil qilishga xizmat qiladi. Biroq tuman va past bulutlarni sun’iy yoʻldosh tasvirlarida bir-biridan ajratish har doim ham oson emas.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Suv ensiklopediyasi
TEGIRMON: SUV KUCHIDAN FOYDALANGAN QADIMIY TEXNOLOGIYA
Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma kabi qismlardan iborat.

Suv ensiklopediyasi
XIVANING MASHHUR SHAHAR QIYOFASI OSTIDAGI SUV INFRATUZILMASI
Tegizaminlar gulbidav deb ataluvchi yerosti suv oʻtkazgichlari va adan kabi drenaj unsurlari bilan birgalikda yomgʻir hamda ortiqcha suvni yigʻish va yoʻnaltirishga xizmat qilgan.
