Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Yangilik

TUMANDAN IÇIMLIK SUVI: MAROKKO DAGI NOYOB TEXNOLOGIYA

Uning işlaş prinsipi oddiy: toğ yonbağirlariga maxsus törlar örnatiladi.

TUMANDAN IÇIMLIK SUVI: MAROKKO DAGI NOYOB TEXNOLOGIYA

Tasavvur qiling, toğlar orasidagi tuman içimlik suvi manbaiga aylanmoqda. Bu — Germaniyada işlab çiqilgan CloudFişer texnologiyasining imkoniyati. Uşbu texnologiya Marokkoning janubi-ğarbidagi Anti-Atlas toğlarida, suv tanqisligi kuzatiladigan hududda qöllanilgan.

Uning işlaş prinsipi oddiy: toğ yonbağirlariga maxsus törlar örnatiladi. Şamol tumanni törlar orqali olib ötganda, mayda suv tomçilari tör yuzasida uşlanib qoladi. Ular birlaşib, pastga oqadi va quvurlar orqali maxsus rezervuarlarga yiğiladi.

Loyihaning dastlabki bosqiçida 600 kvadrat metrlik törlar örnatilgan. Umumiy siğimi 539 kub metr bölgan 7 ta suv rezervuari, 6 ta quyoş paneli va 10 kilometrdan ortiq quvurlar barpo etilgan.

Natijada 5 ta qişloqdagi 52 ta xonadon suv tarmoğiga ulangan. 400 nafardan ortiq mahalliy aholi, asosan ayollar, suvdan foydalaniş imkoniga ega bölgan.

Loyiha faqat suv ta’minoti bilan çeklanmagan. Mahalliy ayollar uçun savodxonlik va daromad keltiruvçi faoliyatni rivojlantirişga qaratilgan 20 dan ortiq öquv seminarlari ham taşkil etilgan.

2017 yildan boşlab loyihani CloudFişer texnologiyasi asosida kengaytiriş işlari boşlangan. Keyinçalik tuman tutuvçi qurilmalar soni va suv tarmoği qamrovi yanada oşirilgan.

Texnologiya Marokko, Tanzaniya, Boliviya va Peruda qöllanilmoqda. U toğli va sohilböyi hududlarida tuman tomçilarini yiğib, aholi, maktablar va fermer xöjaliklari uçun qöşimça içimlik suvi manbaini yaratmoqda. Biroq suv yiğiş samaradorligi tuman va şamol şaroitiga boğliq.

E'lon qilingan: