Asosiy kontentga oʻtish

Gender konsepsiyasi boʻyicha birinchi davra suhbati

Texnik uchrashuvlar
Gender konsepsiyasi boʻyicha birinchi davra suhbati

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining 2030-yilgacha boʻlgan gender konsepsiyasini rivojlantirish boʻyicha birinchi davra suhbati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida gender tengligini ta’minlash mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish” maqsadi suv xoʻjaligiga toʻliq taalluqli boʻlib, bu “Oʻzbekistonda 2030 yilga qadar gender tengligiga erishish strategiyasida” tasdiqlangan.

2024-yil 24-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston suv xoʻjaligining 2030-yilgacha boʻlgan gender konsepsiyasini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2021-yilda suv xoʻjaligini gender baholash natijalariga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, ushbu sohada gender tengligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Ushbu davra suhbatining maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston suv xoʻjaligida gender tengligining hozirgi holatini baholashni oʻtkazish.

Suv resurslarini integrallashgan boshqarish tamoyillariga asoslanadigan suv sektori uchun Gender konsepsiyasini ishlab chiqishning asosiy yondashuvlarini muhokama qilish.

Tadbirda suv resurslarini integrallashgan boshqarish va mamlakat gender siyosati bilan shugʻullanuvchi davlat organlari vakillari, gender ekspertlari, nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, suv xoʻjaligining Gender konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha mas’ul idoralararo ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.

Muhokama natijasida 2030-yilgacha suv xoʻjaligining Gender konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha asosiy yondashuvlar kelishib olindi, eng muhimi, asosiy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda aniq qadamlar va kelgusidagi harakatlar belgilab olindi.

Davra suhbati gender muvozanatini mustahkamlash va mamlakatimiz suv xoʻjaligining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan boʻlib, bu suv resurslarini boshqarish va ijtimoiy barqarorlik muammolarini yanada samarali hal etishga xizmat qiladi.

Proceedings

Agenda_gender concept RT_EN

Agenda_gender concept RT_RU

LoP GC RT_signed

Final_MoM_GC RT_24.10.2024_RU

Gender Concept_V1_031024_UZ

Gender Concept_V1_031024_RU

Presentations

ACTED_Water_assessment_sector_24092024_UZ

Dinara Ziganshina_PPP_RU

Media