Gender tengligi boʻyicha 4-texnik ishchi guruhi yigʻilishi

Oʻzbekiston suv xoʻjaligida gender tengligiga erishish yoʻlida muhim qadam tashladi: 2025–2030-yillarga moʻljallangan Gender konsepsiyasi taqdim etildi
Toshkent, 2025-yil 16-may — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 2025–2030-yillarga moʻljallangan Suv xoʻjaligi sohasida gender konsepsiyasini rasman taqdim etdi. Mazkur strategik hujjat suv resurslarini boshqarishda erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Taqdimot Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Gender kengashi va konsepsiyani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning kengaytirilgan yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati, Osiyo taraqqiyot banki, Shveysariyaning rivojlanish va hamkorlik agentligi hamda milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Gender konsepsiyasining asosiy maqsad va vazifalari:
ayollarning suv resurslarini boshqarishdagi faol ishtirokini oshirish;
gender statistikasi va auditlarini rivojlantirish;
genderga ta’sirchan budjetlashtirish tizimini joriy etish;
suv xoʻjaligida ta’lim va ilm-fandan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash.
Taqdimot doirasida mutaxassislarning taqdimotlari, konsepsiyani tayyorlash jarayoni haqidagi videomateriallar, hududlardan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda 2027-yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan Harakatlar rejasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Suv xoʻjaligi sohasidagi Gender konsepsiyasi — bu shunchaki hujjat emas, balki adolatli, samarali va barqaror kelajak sari qoʻyilgan muhim qadamdir.
