Asosiy kontentga oʻtish

Gender masalalari boʻyicha 1-texnik ishchi guruhi yigʻilishi

Texnik uchrashuvlar
Gender masalalari boʻyicha 1-texnik ishchi guruhi yigʻilishi

The First Gender Technical Working Group Meeting

Suv sektorida gender masalasini qanday inobatga olish kerak?

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Axborot-tahlil va resurs markazining majlislar zalida suv xoʻjaligi sohasidagi gender masalalariga bagʻishlangan birinchi texnik yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Suv xoʻjaligi sektorida gender masalasini inobatga olish boʻyicha ishchi guruh tuzish gʻoyasi suv resurslari, suv ta’minoti va kanalizatsiya masalalari boʻyicha Tarmoq ishchi guruhining 2023-yil 16-martda boʻlib oʻtgan birinchi yigʻilishida ilgari surilgan edi.

Uchrashuvga suv sektorida faoliyat yuritayotgan barcha manfaatdor hamkor tashkilotlar taklif etildi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot-tahlil va resurs markazi, OTB, YTTB, Yevropa Ittifoqi, FAO, GIZ, SDC, BMTTD va boshqa tashkilotlar vakillari bor.

Yigʻilish ishtirokchilari Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) koʻmagida Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston suv xoʻjaligining gender baholashi natijalari bilan tanishdilar.

BMTTD vakillari yigʻilish ishtirokchilariga iqlim boʻyicha milliy siyosatda gender jihatlarini baholash natijalarini taqdim etdilar. Shundan soʻng hamkorlar oʻz tashkilotlari tomonidan suv sohasida amalga oshirilayotgan gender tadbirlari haqida ma’lumot almashdilar.

Uchrashuv suv sektorida gender masalalarini inobatga olish boʻyicha navbatdagi qadamlarni muhokama qilish bilan yakunlandi.

Proceedings

Presentations

Media

Gender Reports