Asosiy kontentga oʻtish

Gender masalalari boʻyicha 2-texnik ishchi guruhi yigʻilishi

Texnik uchrashuvlar
Gender masalalari boʻyicha 2-texnik ishchi guruhi yigʻilishi

The Second Gender Technical Working Group Meeting

Suv sohasida gender siyosatini amalga oshirish yanada qoʻllab-quvvatlanishi kerak

26 oktabr kuni Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil markazida “Oʻzbekiston suv xoʻjaligida gender masalalarini inobatga olish” texnik ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishining maqsadi:

Suv sektorida gender tamoyilini joriy etishdagi asosiy kamchiliklar va toʻsiqlarni birgalikda muhokama qilish. Shu jumladan (i) ayollar huquqlarini kengaytirish uchun qulay asosni qoʻllab-quvvatlash va uning amalga oshirilishini monitoring qilish, (ii) ayollarning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga qoʻshilishini qoʻllb quvvatlaash va (iii) suv ierarxiyasining barcha darajalarida ayollarning ishtiroki, vakolatlari va yetakchiligi uchun toʻsiqlarni kamaytirish va boshqa.

Hal qilish kerak boʻlgan masalalar:

  • suv xoʻjaligida ayollarning huquqlarini kengaytirish boʻyicha me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish;
  • suv sektori strategik asoslari uchun gender mezonlarini hisobga olish va koʻrsatkichlarini aniqlash;
  • boshqa texnik ishchi guruhlarda gender oʻlchovini yangilash yoʻllarini aniqlash;
  • 2024-yilda gender tengligini mustahkamlash va ayollarni suv sektoriga kiritish uchun texnik ishchi guruhining yigʻilishlarini rejalashtirish.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, uning Axborot-tahlil va resurs markazi, SRIB ga oid davlat muassasalari, OTB, YeTTB, Yevropa Ittifoqi, FAO, GIZ, SDC, BMTTD va boshqa manfaatdor rivojlanish boʻyicha hamkorlarning texnik ekspertlari va vakillari ishtirok etdilar.

Proceedings

Presentations

Media

Gender masalalari boʻyicha 2-texnik ishchi guruhi yigʻilishi — SSBRM