Asosiy kontentga oʻtish

Oqava suvlarni tozalash standartlari boʻyicha birinchi texnik uchrashuv

Texnik uchrashuvlar
Oqava suvlarni tozalash standartlari boʻyicha birinchi texnik uchrashuv

FIRST TECHNICAL MEETING ON WASTEWATER STANDARDS

Oqava suvlarni tozalash standartlari boʻyicha birinchi yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oʻzbekistonda oqava suvlarni tozalash standartlari boʻyicha birinchi yigʻilish Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining “Iqlim oʻzgarishi sharoitida Oʻzbekistonda suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini favqulodda ifloslanishdan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish” loyihasi doirasida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning maqsadi Oʻzbekistonda mavjud oqava suvlarni tozalash standartlarini muhokama qilish va ushbu sohadagi keyingi qadamlarni kelishib olish boʻldi.

Yigʻilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1.Turli mamlakatlarda oqava suvlar chiqariladigan suv ob'ektlarining holatini hisobga olgan holda suvni tozalash sifatiga qoʻyiladigan talablardagi farqlar;

2.Oʻzbekistonda eskirgan shahar oqava suvlarini tozalash inshootlari bilan bogʻliq muammolar, bu tozalash sifatining pasayishi va avariyali oqizishlar sonini ortishi dinamikasi;

3.Sanoat korxonalari tomonidan yetarli darajada tozalanmagan suvning oqizilishi natijasida tabiiy suv havzalaridagi muammolar.;

4.Qozogʻistonning suv sifati tasnifi tizimini qayta koʻrib chiqish, milliy standartni va eng yaxshi mavjud texnologiyalar bazasini ishlab chiqish tajribasi

Proceedings

Presentations