Yangilik
BMT BOSH ASSAMBLEYASI 81-SESSIYASIDA OʻZBEKISTONNING POZITSIYASI BILDIRILDI
Nutqda Markaziy Osiyodagi tub oʻzgarishlar, Oʻzbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Sessiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq soʻzladi.
"BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, oʻzaro ishonch esa yoʻqolib borayotgan hozirgi dunyoda Oʻzbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida soʻzladim. Tanlagan yoʻlimiz aniq — ochiqlik, yaxshi qoʻshnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz", deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
Nutqda Markaziy Osiyodagi tub oʻzgarishlar, Oʻzbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
"Bugun hech bir davlat global muammolarni yolgʻiz oʻzi hal eta olmaydi. Oʻzbekiston ishonch va oʻzaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yoʻlida munosib hissasini qoʻshishga doimo tayyor", dedi Saida Mirziyoyeva.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
ANDIJONDA YILIGA 100 TA KICHIK GES MAJMUASI ISHLAB CHIQARILADI
Togʻli va suv resurslariga boy Markaziy Osiyo davlatlarida bunday uskunalarga talab yuqori.

Yangilik
XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSh ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN OʻTKAZILDI
Texnologiya asosini 10 metr chuqurlikda ishlashga moʻljallangan, qoʻrgʻoshin galogenidlari asosidagi perovskit tuzilishiga ega fotoelektr tizim tashkil etadi.

Yangilik
BMT: JAHON OKEANI SATHINING KOʻTARILISHI TOBORA TEZLASHMOQDA
BMT: dengiz sathining koʻtarilishi endi uzoq kelajakdagi tahdid emas
