Asosiy kontentga oʻtish

Yangilik

XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSh ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN OʻTKAZILDI

Texnologiya asosini 10 metr chuqurlikda ishlashga moʻljallangan, qoʻrgʻoshin galogenidlari asosidagi perovskit tuzilishiga ega fotoelektr tizim tashkil etadi.

XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSh ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN OʻTKAZILDI

Yunnan universiteti mutaxassislari jamoasi ochiq dengizda dunyodagi birinchi suv osti quyosh elektr stansiyasini sinovdan oʻtkazdi.

Texnologiya asosini 10 metr chuqurlikda ishlashga moʻljallangan, qoʻrgʻoshin galogenidlari asosidagi perovskit tuzilishiga ega fotoelektr tizim tashkil etadi.

Sinovlar davomida suv ostiga tushirilgan qurilma akkumulyatorlarni quvvatladi va LED panelni elektr energiyasi bilan ta’minladi. Bu okeanning xira koʻk-yashil yorugʻligi sharoitida ham quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkinligini koʻrsatdi.

Yunnan universiteti olimining ta’kidlashicha, avvalgi suv osti quyosh elementlari atigi 2 metrgacha boʻlgan juda kichik chuqurliklar uchun moʻljallangan edi.

Yangi tadqiqotda esa quyosh elementlarining 10 metrgacha boʻlgan chuqurlikda real sharoitda ishlashi birinchi marta namoyish etildi.

Ishlab chiquvchilarning baholashicha, yangi texnologiya suv ostidagi datchiklar, detektorlar, kameralar va aloqa tizimlarida, shuningdek, suv osti robotlari va apparatlarida uzoq muddatli energiya manbai sifatida qoʻllanishi mumkin.

E'lon qilingan: