Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Yangilik

DUNYODA BIR KUNDA QANÇA ÇUÇUK SUV OLINADI?

Aholi sonining ösişi va urbanizatsiya hisobiga uşbu körsatkiç sönggi 40 yil davomida yiliga örtaça 1% ga oşib kelgan.

DUNYODA BIR KUNDA QANÇA ÇUÇUK SUV OLINADI?

BMT va Jahon banki ma’lumotlariga köra, insoniyat tabiiy manbalardan har yili 3 853,1 milliard kub metr (qariyb 3,85 trillion m³) – ya’ni bir kunda taxminan 10,56 milliard kub metr (3 853,1 mlrd m³ ÷ 365 kun = 10,56 trln litr) çuçuk suv oladi.

Bu – daryolar, köllar va yer osti zaxiralaridan iste’mol va xöjalik ehtiyojlari uçun jalb qilinadigan jami suv hajmidir. Aholi sonining ösişi va urbanizatsiya hisobiga uşbu körsatkiç sönggi 40 yil davomida yiliga örtaça 1% ga oşib kelgan.

FAO ma’lumotlariga köra, qişloq xöjaligi dunyodagi eng yirik suv iste’molçisi bölib qolmoqda – jami olinadigan çuçuk suvning taxminan 72 foizi (3 853,1 mlrd m³ × 72% = yiliga 2,77 trln m³) ekinlarni suğoriş va çorvaçilikka sarflanadi. Qolgan qismi esa sanoat va energetikaga (15%) hamda içimlik va maişiy-kommunal ehtiyojlarga (13%) yönaltiriladi.

Butun Yer yuzidagi 8,2 milliard inson har kuni piyola yoki qadoqlangan idişda aynan qança litr suv içişini töğridan-töğri ölçaydigan yagona xalqaro statistik baza mavjud emas. Şu bois mutaxassislar real iste’molni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tavsiya etgan örtaça kunlik me’yorlar va qadoqlangan içimlik suvi savdosi körsatkiçlari orqali baholaydilar.

BMT Universitetining Suv, atrof-muhit va salomatlik instituti (UNU-INWEH) hisobotiga köra, dunyo böyiça har yili taxminan 350 milliard litr (kuniga örtaça 959 mln litr) qadoqlangan içimlik suvi sotiladi.

Bu raqamlarning kölamini yaqqolroq tasavvur qiliş uçun ularni dunyodagi yoqilği iste’moli bilan soliştiriş mumkin. AQŞ Energetika axborot boşqarmasi (EIA) va Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga köra, 2024–2025 yillarda dunyo böyiça bir kunda örtaça taxminan 4,36 milliard litr (191 davlat × kuniga örtaça 143,49 ming barrel × 158,99 litr = 27,41 mln barrel), yiliga esa taxminan 1,59 milliard kub metr (4,36 mlrd litr × 365 kun = 1,59 trln litr) avtomobil benzini iste’mol qilingan.

Demak, dunyodagi avtomobillar sarflaydigan benzin hajmi dökonlarda sotiladigan qadoqlangan içimlik suvidan taxminan 3,5–4 baravar köp (4,36 mlrd l ÷ 1,1 mlrd l), oziq-ovqat va iqtisodiyot uçun olinadigan jami çuçuk suvdan esa taxminan 2 400 baravar kamdir (3 853,1 mlrd m³ ÷ 1,59 mlrd m³).

Afsuski, insoniyatning içimlik suviga bölgan ehtiyoji umumiy suv resurslarining 0,15 foizidan ham kam bölişiga qaramay, hamma ham toza içimlik suvi içiş imkoniyatiga ega emas. JSST va YUNISEFning 2025 yilgi qöşma hisobotiga köra, bugungi kunda dunyodagi har 4 kişidan 1 nafari – ya’ni 2,1 milliard inson xavfsiz boşqariladigan toza içimlik suvidan mahrum, şulardan 106 million kişi esa daryo va köllardagi tozalanmagan suvni töğridan-töğri içişga majbur.

FAO ma’lumotlariga köra, sönggi ön yillikda dunyo böyiça aholi jon boşiga töğri keladigan qayta tiklanuvçi çuçuk suv resurslari 7 foizga qisqargani, ayniqsa Şimoliy Afrika, Janubiy Osiyo va Ğarbiy Osiyo mintaqalarida suv zaxiralari eng past darajaga tuşgani bu muammoni yanada dolzarblaştirmoqda.

E'lon qilingan: