Asosiy kontentga oʻtish
SSBRMSuv sohasida barqaror
rivojlanish markazi

Yangilik

HAVODAN SUV YIGʻISH: “WARKA WATER” LOYIHASI QANDAY ISHLAYDI?

Qulay meteorologik sharoitda bir minora kuniga 40–80 litr suv yigʻishga moʻljallangan.

HAVODAN SUV YIGʻISH: “WARKA WATER” LOYIHASI QANDAY ISHLAYDI?

"Warka Water Tower" – atmosfera namligini, tuman, shudring va yomgʻir suvini yigʻishga moʻljallangan, elektr energiyasini talab qilmaydigan konstruksiya.

Loyiha tashabbusi 2012-yilda boshlangan. 2015-yil mart oyida Efiopiyaning Dorze hududida birinchi pilot minora oʻrnatilgan. 2019-yil 15-oktabrda esa Kamerunning Janubiy mintaqasida navbatdagi pilot minora qurib bitkazilgan.

Loyihaning konstruksiyasida bambuk, yogʻoch, palma barglari va boshqa mahalliy materiallardan foydalanish mumkin.

Minora ichiga oʻrnatilgan maxsus toʻr havodagi tuman tomchilarini tutib qoladi. Namlik toʻr yuzasida toʻplanib, tomchilarga aylanadi. Tomchilar bir-biriga qoʻshilib yiriklashadi va ogʻirlik kuchi ta’sirida pastga oqadi. Ular minora tagidagi maxsus idishda toʻplanadi.

Loyiha ma’lumotlariga koʻra,qulay meteorologik sharoitda bir minora kuniga 40–80 litr suv yigʻishga moʻljallangan. Biroq suv yigʻish samaradorligi hududning iqlimi, havodagi namlik, tuman miqdori va boshqa meteorologik omillarga bogʻliq.

E'lon qilingan: