Asosiy kontentga oʻtish

Xalqaro hamkorlik

OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI

Tashrif yakunida ilgʻor fin ilmiy va texnologik yechimlarni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI

Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash va ekologik monitoring sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrgandi.

Delegatsiya Xelsinki shahridagi "Viikinmäki" zamonaviy oqova suvlarini tozalash majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Finlyandiya va Shimoliy Yevropadagi eng yirik mazkur inshootda oqova suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik usullarda tozalash, jarayonlarni raqamli monitoring qilish hamda hosil boʻlgan biogazdan energiya ishlab chiqarish tajribasi oʻrganildi.

Shuningdek, Finlyandiya atrof-muhit instituti (Syke), Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK), Aalto universiteti, shuningdek, Fluidit, Solar Water Solutions, Vaisala va Kemira kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Muloqotlarda suv resurslarini barqaror boshqarish, yerosti suvlarini oʻrganish va muhofaza qilish, oqova suvlarni tozalash, raqamli monitoring va sun’iy intellektdan foydalanish hamda qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida ilgʻor fin ilmiy va texnologik yechimlarni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

E'lon qilingan: