Xalqaro hamkorlik
OʻZBEKISTON VA BAA SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
Uchrashuvda suv-energetika samaradorligi, innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Butunjahon suv haftaligi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirining energetika va barqaror rivojlanish masalalari boʻyicha yordamchisi, “Masdar City” direktorlar kengashi raisi Abdulla Balalaa bilan uchrashdi.
Uchrashuvda suv, energetika va barqaror rivojlanish masalalarining oʻzaro bogʻliqligi, sohaga innovatsion texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda suv tanqisligiga qarshi samarali yechimlarni keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
BAA va Senegal hamraisligida 2026-yil 8–10-dekabr kunlari Abu-Dabida oʻtkaziladigan BMTning Suv konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, global suv tanqisligiga qarshi innovatsion va texnologik yechimlarni jadallashtirishga qaratilgan Muhammad bin Zayd suv tashabbusi bilan hamkorlik qilish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Tomonlar suv va energiya samaradorligini oshirish, qurgʻoqchil hududlarga mos texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy yechimlarni sinovdan oʻtkazish va keng tatbiq etish boʻyicha katta hamkorlik salohiyati mavjudligini ta’kidladi.
BAA vakillari joriy yil kuzida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Suvni tejash boʻyicha xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilindi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Xalqaro hamkorlik
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI OʻRTASIDA HAMKORLIK YOʻLGA QOʻYILADI
Hujjat Oʻzbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilgʻor tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlik
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BOʻYICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI OʻRGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro hamkorlik
OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilgʻor fin ilmiy va texnologik yechimlarni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
