Yangilik
O‘ZBEKISTON VA SENEGAL SUV SOHASIDAGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRADI
Muloqotda BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, suv diplomatiyasini rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev hamda Senegal Respublikasi Gidravlika va sanitariya vazirligi vakili Mohamed CBC Diatta o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, suv diplomatiyasini rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalar 2,6 million gektar yoki sug‘oriladigan yerlarning 60 foizidan ortig‘ini qamrab olgan. Natijada yiliga qariyb 11 milliard kub metr suv tejalmoqda. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilga qadar 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun davlat va xususiy investitsiyalarni keng jalb etish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston va Senegalning Jahon banki guruhining “Water Forward” tashabbusiga qo‘shilgani hamda milliy “Water Compact” hujjatlarini qabul qilgani bu boradagi hamkorlik uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Mohamed CBC Diatta Senegal Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekistonda suv sohasida amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini qayd etdi. O‘zbekiston suv sohasida qisqa vaqt ichida salmoqli natijalarga erishgani e’tirof etilib, o‘zaro tajriba almashish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.
Tomonlar suvni tejash, iqlim o‘zgarishiga chidamlilik, suv diplomatiyasi, loyihalarni tayyorlash va xalqaro moliyalashtirishni jalb etish yo‘nalishlarida O‘zbekiston–Senegal amaliy hamkorligini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladilar.
E'lon qilingan:
Shunga o'xshash materiallar

Yangilik
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI
Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Yangilik
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yangilik
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
